2. Novdada barglar qanday joylashadi?
0 ‘simliklar bargi novdada ma’lum tartibda joylashadi. Ular, asosan, navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qi lib joylashadi (35-rasm). Barglari novdada navbat bilan joy- lashadigan o‘simliklarga olma, o‘rik, do‘lana, terak, tut, tok, atirgul, oqquray, g‘o‘za, pomidor kabilar kiradi. Novdalarda har bir bo‘g‘imning ikki tomonida barglar
bir-biriga qarama-qarshi joylashsa, bunday barglar qarama- qarshi joylashgan barglar deyiladi. Bularga ko‘pchilikka ma’lum rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, da- lachoy, kiyiko‘t, marmarak, gazanda, kampirchopon kabi o‘simliklar kiradi. Novdaning har qaysi bo‘g‘imidan bir nechtadan barg chiqib halqa hosil qilsa, bunga halqasimon joylashish deyiladi. Bunday bargli o‘simliklarga sambitgul,
qirqbo‘g‘im, qumrio‘t kabilar misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |