1. O‘simliklar sistematik birliklari haqida umumiy ma’lumot bering?
0 ‘simliklami bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilaming o‘xshashlik darajasiga qarab o‘simliklar dunyosini ma’lum tartib - sistema (tizim)ga solish o‘simliklar sistematikasi deb ataladi. 0 ‘simliklar sistematikasi botanika fanining asosiy qismi bo‘lib, unda o‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlar – sistematik birliklarga bo‘linadi. 0 ‘simliklar sistematikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan: tur, turkum, oila, sinf (ajdod), bo‘lim va o‘simliklar dunyosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |