Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
545
w
www.oriens.uz
April
2021
Tadqiqot metodologiyasi
Mavzuni tadqiq etish jarayonida qiyoslash, tizimli tahlil, tavsifiylik,
tarixiylik, tarixiy-qiyosiy tahlil usullari qo‗llanilgan.
Izlanish muammolarini hal qilish jarayonida arxeologik tadqiqotlar
natijalari, tarixchi olimlarimizning olib borgan izlanishlari, olimlar tomonidan chop
etilgan materiallar, chet el arxeologlari tadqiqot natijalari, etnologlar tomonidan
topilgan buyumlarning tasniflari va chop etilgan materiallar statistik asos bo‗lib
xizmat qiladi.
Tahail va natijalar
O‗rta asrlar O‗rta Osiyoning ikki xil madaniyati turmush tarziga mansub o‗troq
dehqon va chorvador ko‗chmanchi xalqlarning moddiy madaniy xususiyatlarini
yanada yaqinlashuvi, etnik jihatdan aralashuvning kuchayganligi ijtimoiy-iqtisodiy
jabxalarda o‗zaro tasir doirasini kengaygani bilan xarakterlanadi. Aslida bu
jarayonlarning boshlang‗ich nuqtasi biz o‗rganayotgan davrdan ancha ilgari
eramizdan avvalgi ming yillikning oxirgi asrida Sirdaryoning quyi va o‗rta oqimi
xavzasida vujudga kelgan o‗ziga xos cho‗l madaniyati muqaddimasi bilan
bog‗liqdir. Keyingi davrlarda O‗rta Osiyoning o‗troq vohalariga kuchli tasir
ko‗rsatgan bu madaniyatning ijodkorlari Kang davlati aholisi kang‗arlar bo‗lsa ajab
emas. CHunki turkiy zabon xalqlarning Movarounnahr va Xorazmning ichki
hududlariga yoyilishi ana shu madaniyat izlari bilan bog‗liqligi kuzatilmoqda.
Ma‘lumki, yangi eraning III - IV asrlarida cho‗l xalqlarining ―buyuk
ko‗chish davri‖ boshlanadi va buning natijasida O‗rta Osiyoning katta hududiy
birliklariga yangi aholi turkumlari kirib kelgan va ommaviy tarzda o‗troqlashgan.
SHuningdek, bu davrda Szin sulolaviy yilnomasining xabariga ko‗ra Kangiy o‗z
markaziy qarorgohini Sirdayo sohilidan janubga Sug‗dga ko‗chirgan ―buyuk
ko‗chish‖ Kangiy qarorgohi joyini janubga o‗zgar tirilishi vaqti tarix sanasida
kidariy xioniy eftaliylarni shaydo bo‗lgan vaqt bilan hamda O‗rta Sirdaryo xalqlari
madaniyatini qo‗shni regionallarga tasir doirasini kuchayganligi bilan dearli bir
vaqtda sodir bo‗lgan jarayonlardir
5
. Bu esa mazkur elat va qabilalarni etnik tarkibi
qon qardoshlik urug‗doshlik iplari bilan bog‗langanligi ehtimoli borligini
bildiradi.
Darhaqiqat, arxealogik materiallarni taxlili ham milodiy II-III asrlardan
boshlab ―Qovunchi madaniyati ―ning tasiri dastlab chegaradosh Ustrushona va
Farg‗ona vodiysiga keyinroq Sug‗dning markaziy rayonlariga tarqalganligini
ko‗rsatadi. Milodiy IV-V asrlarda esa ―Qovunchi madaniyati‖ga tegishli moddiy
madaniy namunalari Buxoro vohasida Qashqadaryoda xatto Surxandaryo
5
Грицина А.А. Уструшанские были. T., 2002 г. 73 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |