Gapning mazmuniy tuzilishi haqida
Har qamday lisnoniy belgi shakl va ma’no birligidan iborat. Lekin an’anavi sintaktik nazariyalarda, asosan gapning shakliy tuzilishi o’rganib kelindi. Faqat ayrim o’rinlardagi (gapning komunikativ maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda, ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida, masalan, holning o’rin, payt, maqsad va boshqa turlarga bo’linishida aniqlovchilarning sifatlovchi qaratuvchi izohlovchilarga ajratilishida va boshqa) semantikaga murojaat qilinadi. Gapning ma’no xususiyati va uning tarkibi ham, gapning mazmuniy tiplari ham, sub’ekt pretikatlarning mazmuniy tiplari ham, gapning shakliy va mazmuniy tuzilishlarning o’zara munosabatlari ham, yaqin yillargacha maxsus o’rganish sub’ektibo’may keldi.
N. D. Arutyunovning ta’biri bilan aytganda. 60-yillarning o’rtalariga kelib, gap semantikasiga “shturm” boshlandi. Gap semantikasiga qiziqishining uyg’onishiga lingvistik nazariya rivojiga ta’sir etgan bir qator omillar: lingvistikaning gap mazmuni – propozitsiyasiga alohida diqqat qiluvchi mantiq bilan munosabatning yangi pog’onaga ko’tarilishi, til va nutqning ma’no tomoniga umumiy burilishi, nutq faoliyatining pragmatik komponentiga e’tinorning kuchayishi, gapga o’zining maxsus ma’nosi bo’lgan til belgisi sifatida qarashning vujudga kelishi hamda gaplarning mazmuniy ekvivalentligi tushunchasiga tayanadigan sintaktik tranformatsiya nazariyasining vujudga kelishi singari omillar turtki bo’ladi.
O. Espersenham tilshunoslikda shaklini mazmundan ajratishga harakat qilgan. G. Suit va boshqa tilshunoslarni tanqid qilar ekan, shakl va mazmun o’zaro uzviy bog’liq ekanligini, lisoniy hodisaning bu ikki tomoniga etibor berish har qanday tilshunosning asosiy vazifasi ekanligini uqtiradi. Uning fikrichahar bir tilshunos hodisani ikki tomonlama – shakldan ma’noga yoki ma’noda shaklga qarab tekshirishi mumkin. Birinchisi semasiologik, ikkinchisi onomasiologik o’rganish ob’ekti bo’ladi.
Hozirgi kunda semantika deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilsa ham, ammo sintaktik semantika maqomi masalasida bir xillik yo’q.
N. Y. Shvedovning fikricha, sintaktik semantikaning asosiy vazifasi shakliy- sintaktik modellarning xususiy ma’nolarini aniqlashdan iborat bo’lishi kerak. Bunga ko’ra, gap tuzilishi sxemasining umumlashtirilgan ma’nosi va ularning o’rtasidagi munosabat gap sintaktik tuzilishining asosi bo’lib xizmat qiladi. N. Y. Shvedovaning konsefsiyasiga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi deganda, tipiklantirilgan ma’no elementlarning mavhimlashgan holda til sistemasida aks etgan mazmuni tushuniladi. U gap mazmuni ekstralistik omillarsiz sof til materiallariga tayangan holda o’rganishga harakat qiladi. Tilning har qanday sath birliklari, jumladan, gapning tuzilish sxemalari ham undagi kategoriya konkret ma’nolar munosabatidan xosil bo’lgan mazmuniy o’ziga xoslikka ega bo’ladi.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari asosan normativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga sasoslanadilar. Bunga muvofiq gapning mazmuniy tuzilishi, tuzilish sxemalar chegarasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish sxema va mazmuniy tuzilishlar bir-birini kesishmaydigan paralel qatorlarga teriladi. Bunday qarash. O. I. Maskalskaya ishlarida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib har qanday gapning mazmuniy tuzilishi murakkab, ko’p qirrali harakterga ega bo’lib, unda eng kamida uch uzv: 1)propozitiv, 2)modal, 3)komunikativ uzvlar ishtirok etadi. Gapning mazmuniy tuzilishini tashkil etgan yuqoridagi uzvlardan eng asosiy ob’ektiv birlikdagi ayrim vaziyat yoki voqealarni aks etiruvchi propozitiv tuzilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |