2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 6,57 Mb.
bet51/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

I. Kishilik olmoshi shaxs olmoshi deb ham yuritiladi, chunki shaxsga ishora qiladi. Shaxs olmoshining qo‘llanishida ayrim o‘ziga xoslik bor. Shaxs o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chgan holda qo‘llanishi mumkin. Chunonchi:

1. Biz olmoshi II shaxs ko’plikdagi siz olmoshi o’rnida qo’llanadi: Qani, endi biz ishga tushaylik. Bunda tashviq ma’nosi anglashilib turadi.

2. Ko’plikni ifodalovchi olmosh birlik uchun qo’llanadi: Bu ishni biz uddaladik. Ushbu gapda men o’rnida ishlatilgan biz maqtanish, kibr ma’nosini ifoda etmoqda.

3. Men o’rnida biz olmoshi ishlatilib, kamtarlikni ifodalashi mumkin: Biz bu maqolada yechimini kutayotgan muammoni olib chiqdik.

4. Sen o’rnida siz, u o’rnida ular olmoshi ishlatilib, hurmat ma’nosini ifodalaydi: Siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz. Men buvimni yaxshi ko’raman. Ular ham meni sevadi.

5. Siz olmoshi, ko’pincha, birlik sonda hurmat ma’nosida qo’llanilganligi sababli ikkinchi shaxs ko’plik sonda sizlar shakli ishlatilishi mumkin: Sizlar kelajagimiz.

6. Kishilik olmoshiga -lar qo’shimchasi qo’shilganda turli ma’no voqelanadi:

–Senlarga aytyapman (kamsitish ma’nosi).

–Sizlarda insof bormi? (ko’plik ma’nosi).

7. O’zbek tilida III shaxs ko’plik olmoshi, aslida birlik sondagi olmoshning ko’plik shaklidir: u+lar.



II. Ko’rsatish ma’nosini anglatuvchi olmosh (bu, shu, mana, ana, u, o’sha, hov va boshqa) shaxs, predmet, belgini alohida ko’rsatish, ta’kid ma’nosi uchun xizmat qiladi. Ular ifodalovchi (ishoraviy) nom ham turlicha:

– shaxs yoki predmetga ishora qiladi: –Siz o’shami? (A. Qod.)

– belgiga ishora qiladi: Menda ham shunaqa kitoblar bor.

– vaqtga ishora qiladi: SHu-shu Fotima kelmay qoldi.

– o’ringa ishora qiladi: Siz – unda, biz – bunda.

III. O’zlik olmoshi. Bu olmosh turi «ta’kid», «tegishlilik» ma’nosini anglatadi: Mening o’zim bilaman. «o’xshatish» ma’nosi ham matndagi o’z so’zi orqali ifodalanadi: Onasining o’zi. «Umumiylik», «noaniqlik» kabi ma’no – O’zim. (shunchaki) turdagi gapda ro’yobga chiqadi.

IV. So’roq olmoshi shaxs, predmet, belgi, harakatni aniqlash maqsadida ishlatiladi. Ular quyidagiga bo’linadi:

– shaxsga nisbatan qo’llanuvchi olmosh (kim, kimlar);

–voqea-hodisa, predmetga nisbatan qo’llanuvchi olmosh (nima, nimalar);

–belgini aniqlashga qaratilgan olmosh (qanday, qanaqa);

–sabab va maqsadni aniqlashga qaratilgan olmosh (nega, nima uchun, nechuk);

–miqdorga nisbatan ishlatiluvchi olmosh (necha, qancha);

–harakat-holatga nisbatan qo’llanuvchi olmosh (nima qildi, nima bo’ldi);

–o’rin ma’nosini ifodalovchi so’roq (qani, qaerda);

–payt ma’nosini ifodalovchi so’roq (qachon, qachonga).

Bunday olmosh faqat so’rash ma’nosini yuzaga chiqarmaydi, ma’noni bo’rttirish (kimki, nimaki), ritorik so’roq (Men sizga nima dedim?!), taajjub (Buning nimasi yomon?!) kabi ma’noni ham ifoda etadi.



V. Belgilash olmoshi.Har so’zi belgilash olmoshi bo’lib, ko’pincha, so’roq olmoshi bilan birikib keladi va qo’shma belgilash olmoshi yasaydi. Jamlik ifodalovchi olmosh predmet, shaxs, belgiga nisbatan yig’indini, to’dani ifodalaydi: hamma, yalpi, har kim, barcha, bari, butun.

VI. Gumon olmoshi muayyan predmet, shaxs, belgi yoki harakat xususida o’ta mavhum tushunchani bildiradi. So’roq olmoshi bilan qo’shilib keladigan alla-va -dir birligi ushbu olmoshga noaniqlik ma’nosini kiritadi.

VII. Bo’lishsizlik olmoshi ma’no jihatdan tasdiqqa nisbatan zidlikni bildiradi va hech so’zi bilan hosil bo’ladi. Bu olmosh gapni (fikrni) inkorga aylantiradi: hech nima, hech kim, hech qachon, hechmahal.

Til tarixida ham, hozir ham ba’zan juda ko’tarinki, tantanavor nutqda kamtarinlik uchun, manmanlik qilmaslik maqsadda men kishilik olmoshi o’rnida kamina, faqir, banda so’zi qo’llaniladi. Bular tilshunosligimizda ot-olmosh nomini olgan.

Olmosh – nutqni o’rinsiz takrordan tozalashning, fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasi. U gapda turli sintaktik vazifada kela oladi: 1. Mening o’zimbu yukni ko’tara olmas edim.2. Vazifamiz – shu. 3. Qanday kishi xor bo’lur? 4. Bahor keldi seni so’roqlab.

So’z turkumi yoki gap bo’lagiga xosligi jihatidan MK ikkiga bo’linadi:

a) leksik-morfologik kategoriya;

b) funktsional-morfologik kategoriya.

Leksik-morfologik kategoriya so’zlarning ayrim guruhiga, ya’ni tukumlarga xos bo’lib, ular sirasiga nisbat, harakat tarzi, bo’lishli-bo’lishsizlik, o’zgalovchi, son, sub’ektiv munosabat, qiyoslash, daraja kategoriyalari kiradi. Kelishik, egalik, kesimlik funktsional-morfologik kategoriyadir. CHunki kesimlik kategoriyasi kesim vazifasida keluvchi barcha so’zga xos. Kelishik kategoriyasi so’z birikmasidagi tobe a’zo vazifasida keluvchi so’zni shakllantirsa, egalik kategoriyasi qaratuvchili birikmadagi hokim a’zoni shakllantiruvchi grammatik kategoriyadir. Formal o’zbek tilshunosligida kelishik va egalik kategoriyasining ot turkumiga, shaxs-son kategoriyasining fe’lga xosligi uqtirilar edi. Bu ham, albatta, asossiz emas. CHunki kelishik va egalik kategoriyasi ko’rsatkichlari ko’p hollarda otni shakllantirsa, kesim vazifasida kelishga asosan fe’l xoslangan. Fe’l fe’l bo’lganligi uchun emas, balki kesim vazifasida kelganligi uchun tuslanadi. Ot esa ot bo’lganligi uchun emas, balki tobe a’zo vazifasida kelganligi uchun turlanadi. CHunki so’zlarning turkumga ajralishidagi dastlabki asos ularning sintaktik vazifasidir. «Avvalo, gap bo’laklari farqlangan va, shunga muvofiq, so’z turkumlari ajratilgan» (I.I.Meshchaninov). Demak, kelishik va egalik kategoriyasini faqat otga, kesimlik kategoriyasini faqat fe’lga bog’lab qo’yish ularning imkoniyatini toraytirib qo’yishdir.

MK sintaktik qobiliyatining yo’nalishiga ko’ra tasnifida «birin-ketinlik», ya’ni grammatik kategoriya sintaktik qobiliyatining «oldingisi bilan» va «keyingisi bilan» sifatida belgilanishi nazarda tutiladi. Masalan, kitobning so’zshaklidagi -ning o’zidan keyin egalik shaklini olgan ot kelishi shartligini, kitobi so’zidagi -i bu so’zshakldan oldin qandaydir qaratqich aniqlovchi bo’lishi zarurligini ko’rsatadi. O’zbek tilida egalik, nisbat, o’zgalovchi, kesimlik, qiyoslash, son kategoriyasi so’zshaklning «oldingisi bilan» aloqalarini ko’rsatsa, kelishik va o’zgalovchi kategoriyasining ravishdosh va sifatdosh shakllari so’zshaklning «keyingisi bilan» aloqasini ifodalaydi. O’zgalovchi kategoriyasining harakat nomi shakli hamda sub’ektiv baho kategoriyasi bu jihatdan mo’’tadil.

Kelishik kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi (qisq. KK) morfologik kategoriya sirasida ustuvor sintaktik tabiati bilan ajralib turadi. U EK bilan birgalikda sintaktik shakllarning so’z birikmasiga xos guruhini tashkil etib, gapga xos kesimlik kategoriyasidan farqlanadi. KKning UGMsi – «sintaktik qurilmada oldingi so’zni keyingi so’zga bog’lash». Bu bilan u EK ga qarama-qarshi tursa, fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi, bog’lovchilar va ko’makchilarga yaqin turadi. Ammo ulardan farqli jihatga ega. Ko’makchidan morfologik ko’rsatkich (qo’shimcha) ekanligi bilan farqlanadi. Ko’makchilar grammatik ma’no ifodalash, so’zlarni bir-biriga bog’lash vazifasini bajarsa-da, leksik birlik hisoblanadi. O’zgalovchi kategoriya shakllaridan barcha mustaqil so’zni sintaktik aloqaga kiritish, so’zning lug’aviy ma’nosiga ta’sir etmasligi bilan ajraladi. Holbuki, o’zgalovchi kategoriyasi faqat fe’lga xos va fe’llarning lug’aviy ma’nosiga ta’sir etishi bilan lug’aviy-sintaktik mohiyatga ega. SHuning uchun ular «fe’l kelishiklari» deb ham yuritiladi. Bog’lovchilardan esa tobe aloqa uchun xizmat qilib, so’z birikmalariga xosligi hamda grammatik ko’rsatkich (qo’shimcha) ekanligi bilan farqlanadi.

KK olti shaklli sistema bo’lib, ularning har biri o’ziga xos ma’noviy va sintaktik xususiyatlar yaxlitligidan iborat. KK shakllari sistemasi quyidagi jadvalda aks etgan (21-jadval):




Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish