2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Til sistem – strukturaviy tuzilma sifatida



Download 6,57 Mb.
bet7/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

1.2. Til sistem – strukturaviy tuzilma sifatida

Moddiy sistemalarning ilk tarixiy tadqiqoti I.Kantning «Umumiy tabiiy tarix va samo nazariyasi» kitobi bilan boshlangan bo‘lib, u bu kitobida olam yagona sistemadan iborat ekanligini va bu sistema nafaqat o‘zgarib turishi, balki rivojlanishda ham ekanligini hamda uni harakatga keltiruvchi kuch o‘zaro tortishish va uzoqlashish qonuni ekanligini e’tirof etgan edi.

Fanning turli sohalarida sistemalarning o‘rganilishi «sistema» tushunchasini aniqlash vazifasini qo‘ydi. Xo‘sh, «sistema» tushunchasi nimani, qanday voqelikni, hodisani ifodalaydi? Umumiy sistema nazariyasining asoschisi L. fon Bertalanfi (1947,1956) bu tushuncha zaminida o‘zaro munosabatdagi birliklar majmuasi yotishini bayon etadi.

Elementlar umumiylikda tizimni tashkil qiladigan obyektlardir. Element tizimda o‘ziga xos xususiyatlarni saqlagan bo‘linmas birlikdir, degan fikr ilgari suriladi. Biroq bo‘linmaslik nisbiy tushunchadir. Elementning o‘zi ham sistemadan iborat va u ham o‘z navbatida elementlardan tashkil topadi. Boshqacha aytganda, element to‘liq ma’noda sistemadan tashqarida mavjud emas. Ammo elementlarni tizimning alohida qismlaridan farqlash zarur. Sistemaning qismi vazifasini har qanday beixtiyor va tabiiy ravishda ajralib turgan elementlar guruhi tashkil qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, sistema ichida subsistemalar (kichik sistemalar) vujudga keladi (Bates 2005: 110-111).

Sistemani vujudga keltiruvchi elementlar bir xil va turli-tuman bo‘lishi mumkin. Bir xil elementlarning sifati va xususiyatlari o‘xshash. Turli-tuman elementlar esa, aksincha, bunday o‘xshashlikka ega emas.

Elementlarning sifat o‘xshashligini shartli va nisbiy deb atash mumkin. Tabiatda butunlay o‘xshash bo‘lgan bir xil obyektlar mavjud emas. Shu sababli sifati o‘xshash elementlar haqida gap yuritilsa, ularning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Binobarin, leksik ma’noning tavsifi nafaqat alohida so‘z ma’nosining ta’rifini, balki uning boshqa lug‘aviy birliklar bilan turli munosabatlarga kirishishini ham o‘z ichiga oladi. So‘zlar o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishlar asosida har bir so‘zning lug‘aviy tizimdagi o‘rni aniqlanadi.

Lug‘at sathining sistemali tuzilishi mohiyati so‘zlar orasidagi semantik bog‘liqliklarning turli-tumanligi bilan izohlanadi (Ne’matov, Rasulov 1995; Iskandarova 1999). Bu bog‘liqliklar so‘zlar vositasida ifodalanayotgan voqelik predmet-hodisalarining umumiyligi tufayli (ularning o‘xshashliklari, bir turga kirishi, bajaradigan vazifalari umumiyligi va so‘zlarning o‘zaro munosbatda bo‘lgan bir xil predmet, hodisa, xususiyat, belgini ifodalashida) namoyon bo‘ladigan ichki lingvistik yaxlitligi tufayli vujudga keladi. Ammo bu holda o‘zaro semantik yaxlitlikka ega bo‘lgan u yoki bu predmetni ifodalash vazifasini turli lisoniy belgilar bajaradi.

Lug‘aviy sathda yuzaga keladigan semantik munosabatlarning eng universal turi paradigmatik va sintagmatik munosabatlardir.




Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish