Tilning tovush tomonini o‘rganish aspektlari
Tilning tovush tomoni ancha murakkab hodisadir: a) har qanday tovushning flzik-akustik tabiati bor; b) har qanday nutq tovushining biologik asosi (nutq a’zolarining harakati va holati bilan bog‘liq jihatlari) mavjud; d) har qanday nutq tovushlari talaffuz etiladi va eshitiladi. Fonetik birliklarning ana shu jihatlarini o‘rganish fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik, perseptiv va lingvistik-funksional aspektlari deb qaraladi. Fizik-akustik aspekt
Eksperimental fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning fizik tabiatini tadqiq qiladi. Fonetik bjjiiklarning fizik tabiatiga tovushning balandligi, kuchi, tembri, cho‘ziqligi kiradi. Tovushning ovoz, shovqin, qo‘shimcha (yordamchi) ton kabi komponentlari ham fizik-akustik omillar sanaladi.
Tovushni:ig balandligi — tovushning tin paychalari tebranishi chastotasiga bog‘liq sifati. Ma’lum vaqt o‘lchovida (masalan, birsekundda) un paychalarining tebranish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland boiadi yoki, aksincha, shu vaqt oichovi hisobida un paychalari qancha kam (siyrak) tebransa, tovush shuncha past chiqadi. Tebranayotgan jismning, masalan, un paychalarining tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi bitta toia tebranish sanaladi, ana shu bitta toia tebranish birgers hisoblanadi, demak, baland ovozda gerslar miqdori ko‘p(tebranish zich), past ovozda esa gerslar miqdori kam (tebranish siyrak) boiadi. Insonning eshitish qobiliyati 16 gersdan 20000 gersgachadir: 16 gers eshitishning eng quyi pog‘onasi, 20000 gers esa eshitishning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. 16 gersdan kam chastotali tebranish infratovush, 20000 gersdan ortiq chastotali tebranish esa ultratovush sanaladi. Inson oddiy so‘zlashuvda 100 gersdan 400 gersgacha balandlikdagi tovushni qo'llaydi. Insonning cng past tovushi bas (u 40 gersga teng), eng baland tovushi esa sopranodir (u 170 gersga teng).
Nutqda ovozning (tonning) baland-past taizda tolqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esagapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda, sintagmaiarni, kirish so‘z yoki kiritma gaplarni ifodalashda muhim vosita sanaladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda boshqa akustik vositaiar (urg‘u; intonatsiya, tcmbr, temp kabilar) bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qiiishi ham mumkin, bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv- stilistik maqsadlarda, ayniqsa, she'riy misralardagi tovush tovlanishiarini tarkib toptirishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |