e-qaror.gov.uz
14.09.2022
1
2021 йил «29» декабрь
169-8-113-Q/21
Қизириқ туман ҳокимлиги
Mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va
kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni
qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-
son Farmoni, 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi
bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim
yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi
bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman
hokimining yordamchilari (keyingi o‘rinlarda – Hokim yordamchilari) faoliyatini
samarali tashkil etish maqsadida:
QAROR QILAMAN:
1. Viloyat hokimining 2021 yil 20 dekabrdagi “Mahallada
tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida”
227-8-0-Q/21-sonli qarori ma’limot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, hokim yordamchilari:
mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad
e-qaror.gov.uz
14.09.2022
2
manbayini yaratishga ko‘maklashish uchun
ustuvor ravishda mahalladagi
muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib
boradi;
respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan mahallani
rivojlantirish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va
ijrosini ta’minlaydi;
ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy
monitoringni
amalga oshiradi;
amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimining
moliyaiqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi
o‘rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi.
3. Viloyat hokimining 2021 yil 20 dekabrdagi 227-8-0-Q/21-sonli qarori 2-
ilovasida ko‘rsatilgan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi
kreditlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish
davlat jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va
tomorqa yer egalarini qo‘llab - quvvatlash jamg‘armasi, “Ayollar daftari”
jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan
tadbirkorlik faoliyatini
yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan ta’minlash uchun ajratiladigan
subsidiyalar Hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratilishi;
hokim yordamchilari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha kreditlar va
subsidiyalar ajratish ko‘zda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi va maqsadga
muvofiqligini chuqur o‘rgangan holda ularni ajratish uchun mas’ul
idora va
tashkilotlarga o‘z tavsiyasini berishi inobatga olinsin.
4. Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan
mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning
eng kam miqdorining 6
baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq
to‘lashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq
to‘lashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida.
5. Belgilansinki: