O’zbekiston Respublikasi asosiy kapitaliga o’zlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari.
2020 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 202,0 trln. so‘m o‘zlashtirildi. Dollar ekvivalentida 20,1 mlrd AQSH dollari o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2019 yilga nisbatan 91,8 % ni tashkil etdi.
2020 yilning yanvar-dekabrida investitsion faollikni pasayishi kuzatildi, 2019 yilga nisbatan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning o‘sish surʼati 91,8 % ni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-dekabr oylarida 202,0 trln. so‘m asosiy kapitalga
investitsiyalar o‘zlashtirildi, ulardan 65,4 % i yoki 132,0 trln. so‘m jalb qilingan mablag‘lar hisobidan, qolgan 34,6 % i yoki 70,0 трлн. so‘m korxona va ахолининг o’z mablag’lari hisobidan o‘zlashtirildi. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 39310,2 млрд. so‘m yoki jami investitsiyalar hajmining 19,5% i va 2019 yilga nisbatan 8,0 % punktga kam asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.9
Markazlashtirilgan Asosiy kapitalga o’zlashtirilgan Markazlashmagan
Investitsiyalar jami investitsiyalar miqdori investitsiyalar
39 310,2 mlrd so’m 202 000,1 mlrd so’m 162 689,9 mlrd so’m
O’zR kafolati asosida Asosiy kapitalga o’zlashtirlgan To’g’ridan to’g’ri
Xorijiy kreditlar investitsiya va kreditlar xorijiy investitsiyalar
22 467.1 mlrd so’m 86 647,0 mlrd so’m 64 179,9 mlrd so’m
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 162689,9 mlrd. so‘m yoki jami hajmdan 80,5 % investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 8,0 % punktga ko‘paydi.
2020 yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari hisobidan 51911,3 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 25,7 % ini tashkil etdi. Aholi mablag'lari hisobidan esa 18077,8 mlrd. so‘m yoki 8,9 % o‘zlashtirildi. To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 28740,5 млрд. so‘m o'zlashtirilib, 2019 yilga nisbatan 5,3 % punktga kamayib, jami investitsiyalarning 14,2 % ini tashkil etdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o`sish sur`atlarini moliyalastirish manbalari bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich kafolatlanmagan hamda boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatildi – o`tgan yilga nisbatan 4,1 marta o`sish. Shuningdek, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan ivestitsiyalarda ham yuqori o`sish sur`atlari – 3,6 martaga o`sish kuzatilib, bu mahsulot taqsimoti kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konlarida qidiruv ishlarini yakunlash va ishlar olib borish, O`zbekiston Respublikasi investitsiya bloklarida (Kultak-Qamashi, Muborak, Surxon, Ashibuloq va Koskud, g`arbiy Farg`ona investitsiya bloklari) neft-gaz konlariga ishlov berish va geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, hududlarda sement ishlab chiqarishini tashkil etish, to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal olib borilayotgani bilan bog`liq.
Kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan 2017-2021 yillarda uglevodorodlarni qazib chiqarishni ko`paytirish bo`yicha Dastur doirasidagi investitsiya loyihalar, basalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish kabi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |