O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI Kompyuter injeniring fakultiti ATS 11_21 guruh talabasi fizika2 fanidan tayyorlagan 1-MUSTAQIL ISHI Qabul qildi: Jumaev.N Bajardi: Rahmatova.S 2021 Gers vibratorlari Gers vibratori, Gers dipoli —uchlarida metall sharlari boʻlgan va sharlar oraligʻiga Rumkorf gʻaltagi ulangan mis sterjen koʻrinishidagi oddiy antenna; G. Gers elektromagnit toʻlqinlarning mavjudligini tasdiqlovchi tajribalarida foydalangan (1888). Gers qoʻllagan vibratorlarning eng kichigining uz. 26 sm boʻlgan; unda 5-YU8 Gs ga teng chastotali toʻlqinlar hosil boʻlgan; bu toʻlqinlarning uzunligi X — 60 sm ga mos keladi (yana q. Antenna.)
Reja: 1.Kirish .Elektromagnit induksiya hodisasini chuqur tahlil qilgan ingliz fizigi J.Maksvell elektr va magnit maydonlar o’zaro bir-birlariga bog’liq degan xulosaga keladi . Ulardan birortasining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib keladi .Ular yagona elektromagnit maydonning elektr yoki magnit maydonlar ko’rinishida namoyon bo’lishidir .
Elektromagnit maydon materiyaning maxsus ko’rinishi bo’lib , u bizning ongimizdan tashqarida ham mavjud .
Elektromagnit to’lqinlar esa o’zgaruvchan elektromagnit maydonning fazoda tarqalishidir .
2.Tebranish konturi.
O’zgaruvchan magnit maydonda turgan harakatsiz o’tkazgichda induksiya EYK ning vujudga keladi . Lekin elektr toki vujudga kelishi uchun zaryad tashuvchilarni harakatga keltiruvchi tashqi kuchlar mavjud bo’lishi kerak . Bu tashqi kuch issiqlik jarayonlariga ham , kimyoviy jarayonlarga ham bog’liq emas . Bu kuch Lorens kuchi ham emas . Chunki Lorens kuchi harakatsiz zaryadlarga ta’sir ko’rsatmaydi . Maksvell magnit maydonning har qanday o’zgarishi elektr maydonni vujudga keltiradi va aynan ana shu elektr maydon harakatsiz o’tkazgich ichidagi elektronlarni harakatga keltiradi , zanjirda induksion EYK ning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi , degan fikrni ilgari suradi .
Elektr zaryadi hosil qilgan elektr maydondan farqli o’laroq , magnit maydonning o’zgarishi natijasida vujudga keladigan elektr maydonning kuch chiziqlari yopiq chiziq xarakteriga ega bo’ladi , ya’ni uyurmali maydondir .
Elektr va magnit maydonlar bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir va yagona elektromagnit maydonni tashkil etadi . Maksvell nazariyasiga asosan , elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlardir , ya’ni E va B vektorlar o’zaro perpendikular va to’lqinning tarqalish tezligi v vektorga perpendikular tekisliklarda yotadi .
Umuman olganda o’zgaruvchan elektr toki oqayotgan istalgan tebranish konturi yoki o’tkazgich elektromagnit to’lqinlar manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin . Chunki elektromagnit to’lqinlarni uyg’otish uchun elektromagnit maydonni vujudga keltirish kifoya . Lekin , Nurlanish sezilarli bo’lishi uchun esa elektromagnit maydon hosil qilinadigan hajmni orttirish taqozo qilinadi .
Elektr maydon kondensator qoplamalari ichida , magnit maydon esa induktiv g’altak ichida hosil qilinadigan sodda ko’rinishdagi tebranish konturlari bu holda yaroqsiz hisoblanadi .
Demak , elektromagnit maydonning fazoda tarqalishiga imkon yaratish uchun maydon hosil bo’ladigan fazoni kengaytirishimiz kerak . Bu natijaga erishish uchun – kondensator qoplamalari orasidagi masofani orttirishimiz kerak bo’ladi . Nemis fizigi Geynrix Gers aynan shunday yo’l tutdi . U g’altakdagi o’ramlar sonini va kondensator plastinkalari yuzasi kamaytirdi va kondensator qoplamalarini bir-biridan uzoqlashtirib , uchqun hosil qiluvchi bo’shliq bilan ajratilgan ikkita tayoqchadan iborat yaxlit tizim holiga keltirdi .
3. Gers vibratori .
Gers bu tajribasi natijasida yopiq tebranish konturidan ochiq tebranish konturini ( Gers vibratorini ) hosil qiladi .
Ochiq tebranish konturida elektromagnit maydon konturni o’rab turgan bo’shliqda mujassamlashgan bo’ladi va shuning uchun ham elektromagnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi . Bunday tizimda tebranish , kondensator qoplamalariga ulangan EYK manbai hisobidan quvvatlanib turadi . Uchqunli bo’shliq esa kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqini dastlab zaryadlangan potensiallar farqigacha orttirish uchun ishlatiladi .
Bu vibratordan endi o’zgaruvchi elektr maydon kondensator ichida mujassamlashgan bo’lmay , balki vibratorni tashqi tomondan o’rab turadi . Natijada elektromagnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi .Gers birinchi ochiq vibrator tarqatadigan elektromagnit to’lqinlarni shu to’lqinlar chastotasiga moslangan ikkinchi vibrator ( resonator ) yordamida qayd etdi .Gerts uchqun hosil qilish uchun uchida metall sharlar bo’lgan mis simlardan foydalangan . , uchqun bo'shlig'iga Rumkorf o’ramini kiritadi . Bu tuzilma yuqori kuchlanish bilan ishlatilsa , bo'shliqda uchqun pasayadi va tebranishlar uchqunning yonish vaqtidan qisqa vaqtda tebranadi . Elektromagnit to'lqinlarning uzunligi vibratorning o'zidan taxminan ikki baravar katta . Gers tomonidan ishlatiladigan eng kichik tebranishlar (0,26 m) to’lqin uzunligidan 0,6 m to'lqin uzunligiga qadar bo’lgan . Gers tebranishlarni yo'naltiruvchi tekis to'lqinlarni olish uchun sferik oynalardan foydalandi . Metall , nometall va prizma yordamida Gers ko'rinmas spektrning elektromagnit to'lqinlarini aks ettirish va sinish qonuniyatlari spektrining geometrik optika qonunlariga bo'ysunishiga a’min bo’ladi . Gers shuningdek, elektromagnit to'lqinning tezligini o'lchab , tik turgan to'lqinni yaratdi va uning uzunlgini o'lchadi .