175
“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
Butun dunyoda ekoturizmning rivojlanishi talab qilinayotgan bir pallada, bu sohada ham
innovatsion yangiliklar joriy qilinishi lozim. Bu maqolada ekoturizm sohasiga ham respublikamizda
qishloq xo’jaligining paxtachilik sohasida keng qamrovda amal qiliayotgan klasterlarni joriy qilish orqali
ekoturizm samaradorligiga ta’sir doirasini o’rganish kiritilgan.
“Klaster” atamasi
«cluster» ingliz tilidan tarjima qilinganda bir qancha bir xil elementlarning
birlashuvi, to‘planishi, guruh ma’nolarida va ma’lum darajada o‘ziga xos xususiyatlarga egan bo‘lgan
mustaqil birlik sifatida, dastlab matematikada va aksariyat tabiiy fanlarda ishlatilgan. 1970 yillarda
iqtisodiyotda, shved iqtisodchilari K. Fredriksson va L. Lindmarklar
3
chegaralangan hududda
korxonalarni to‘planishini belgilashda klaster atamasidan foydalanganlar. Ilmiy jarayonga 20
-asrning 80-
yillarida M.
Porter tomonidan “klaster” atamasi iqtisodiy kategoriya sifatida kiritilgan.
Uning fikricha,
klaster-
ma’lum
sohada faoliyat
ko‘rsatayotgan
kompaniya va institutlarning geografik jihatdan
tarmoqlararo birlashuvi
4
.
Ekoturizm klasterlari bo'yicha tadqiqotlar va ekologik tarmoqlardagi pertseptiv tadqiqotlar
O’zbekistonning milliy bog'lari va qo'riqxonalarida qo'llaniladigan ekoturizm klasterini ishlab chiqish
uchun asosdir.
O’zbekistonning turistik yo'nalishlari va ularni yetkazib beruvchilar odatda samarad
orlik
ko’r
satkichlarining beqaror holatida harakat qilishadi. Ular sayyohlar uchun bir-birlari bilan
raqobatlashadilar. Tabiatni muhofaza qilish va ekoturizmni uyg'unlashtirish ushbu yo'nalishlarning
barqarorligini ta'minlash uchun asosiy javob bo'lishi mumkin. Samarqanddagi mashhur qadamjolarga
tashrif buyuruvchilar soni tobora ko'payib borayotgan bir paytda, ushbu ommaviy turizm joylaridan
uzoqda joylashgan ekoturizm ob’ektlarining diqqatga sazovor joylaridan foydalanilmayapti.
O’zbekistonning milliy bog'
lari va ekoturizm yo'nalishlari uchun ekoturizm klasterining modelini yaratish
uchun Italiyaning klasterlash tajribasini tahlil qildik hamda Samarqanddagi amaliy tadqiqotlar yordamida
ekoturizm klasterlari bo'yicha tajriba tadqiqotini o'tkazdik. Shuningdek Samarqand viloyati hududida ham
ekoturizmni izchil yo'nalishlaridan biri bo'lgan tarmoqga aylantirish borasida xulosa va takliflarimizni
ishlab chiqdek.
Do'stlaringiz bilan baham: