2021 denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijtimoiy – gumanitar fakulteti «ilmiy tadqiqotlar metodologiyaSI»


Ilmiy tadqiqot mavzusi. Mavzu samaradorligini baholash



Download 2,71 Mb.
bet24/129
Sana03.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#735437
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   129
Bog'liq
ЎҚУВ УСЛУБИЙ МАЖМУА МЕТОДОЛОГИЯ 2021 (2)

3. Ilmiy tadqiqot mavzusi. Mavzu samaradorligini baholash
Muammoning tarkibiy qismini ilmiy tadqiqot mavzusi tashkil qiladi. Mavzular orqali ilmiy muammo masalalarga bo‘linib ketadi.
Mavzuni o‘zi nima? Mavzu ilmiy tadqiqotning ma’lum sohasini qamrab oladigan, bir-butun mazmunga ega bo‘lgan masaladir. Ilmiy muammo izlanish darajasi va miqyosiga qarab bir qator mavzular va masalalarga bo‘linib ketar ekan, har bir tadqiqotchi oldida mavzuni tanlash vaziyati paydo bo‘ladi. Bunda izlanuvchi birinchi navbatda e’tiborini mavzuni dolzarbligi, yangiligi, naqadar unda qiziqish o‘yg‘otganligi kabi xislatlarga qaratishi kerak.
Mavzuni tanlash masalasiga batafsilroq to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagi metodologik qoidalarga rioya qilish kerak.

  1. Mavzuni dolzarbligi, ya’ni uning nazariy va amaliy ahamiyati zamon talabiga mos kelishini, ijtimoiy va ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilganlik darajasini aniqlash lozim.

  2. Mavzuni yangiligi. Mavzuda mujassamlangan masala, masalani biron-bir tomoni umuman ishlanmagan bo‘ladi, bunday vaziyatda izlanish ob’ekti va predmeti, ishlatiladigan usul, vosita, ma’lumotlar bazasi, olingan natija ham yangiligi bilan ajralib turadi.

  3. Mavzu ilmiy jamoa olib borayotgan tadqiqot yo‘nalishiga mos kelishi lozim. Shu bilan birga fanda ilmiy maktab yoki yo‘nalishlar monopologiyasiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Monopoliya holati g‘oyalar raqobatiga g‘ov bo‘ladi, nazariy va uslubiy ko‘pxillikka yo‘l qo‘ymaydi.

  4. Mavzuning muhim xislatini ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga, fanga, o‘quv jarayoniga tezlik bilan tatbiq qilish imkoniyati tashkil qiladi.

  5. Mavzu ahamiyati muhim me’yoriy ko‘rsatkich sifatida ilmiy tadqiqot salohiyati darajasini namoyish etadi.

  6. Tadqiqot mavzusi dolzarbligi, yangiligi va ahamiyatining ob’ektiv ko‘rsatkichini jiddiy jurnallarda muammo yo‘nalishi bo‘yicha chop etilgan maqolalar sonidan ham bilish mumkin.

  7. Mavzuni ahamiyati, dolzarbligi va istiqbolini belgilashda ekspert baholash usuliga murojaat qiladilar. Ekspertlar (7-10 kishi) ballar shkalasidan foydalanib, qo‘yilgan muammo ahamiyati, yangiligi, tatbiq qilinishi koeffitsientini chiqarish yo‘li bilan mavzuni baholaydilar.

Tadqiqot muammosi va tanlangan mavzu salohiyatini oshiradigan omil ilmiy baxs, muhokama va tanqiddir.
Baxs jarayonida hal etilmagan masalalar ochilib qoladi, sayoz, ahamiyati yo‘q muammo tadqiqot doirasidan chiqariladi (va aksincha, izlanish sohasiga kiritilmaydi), tadqiqot energeyasi samarali natijaga yo‘naltiriladi.
Mavzu samaradorligini baholash. Mavzuni muhim tomonini olingan natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish tezligi va ko‘lami tashkil qiladi. Mavzuni bu xislati tadqiqot samaradorligini belgilaydi.
Tadqiqot mavzusining samaradorligi bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Mavzu tanlangandayoq bo‘lajak izlanishning dolzarbligi, asoslanganligi, ijtimoiy, nazariy, amaliy (texnologik) ahamiyati hisobga olinishi kerak.
Tanlangan mavzu samaradorligi birinchi navbatda olingan natijaning ijtimoiy ishlab chiqarish (korxona va muassasalarda) va iste’mol qilish (o‘quv jarayoni, tadqiqot va axborot resurs markazlari) sohalarida qo‘llanilishi miqyosi bilan o‘lchanadi. Qo‘lga kiritilgan natija qanchalik keng va ko‘p miqyosda tadbiq qilinsa uning samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Iqtisodchilar mavzu va olingan natija samaradorligini aniqlovchi formulani ishlab chiqishgan.
Rn
Bu yerda Rn – kutalayotgan natija koeffitsienti
In – iqtisodiy natija
Xt – tadqiqot uchun ketgan xarajat
Iqtisodiy ko‘rsatkich tanlangan mavzu istiqbolini belgilaydigan muhim talabdir. Lekin fundamental va nazariy izlanish sohalarida, masalan:
-matematikada biron-bir algebraik yoki topologik teoremani isbotlash;
-fizikada elementar zarrachalarni guruhlashtirish va tasniflash masalasi;
-biologiyada populyatsiyatsion evolyusiya nazariyasi;
-adabiyotshunoslikda badiiy usulni o‘rganish muammosi;
-sotsiologiyada ijtimoiy xarakatchanlik dinamikasi masalalari va boshqalarda
iqtisodiy natija koeffitsienti ko‘rsatkichi yetarli emas, u faqat taxminiy mulohaza shaklini olishi mumkin. Shu bois, yuqorida qayd etilgan ekspertli baholash usulidan foydalanadilar.
Ekspertli baholovchilar sifatida yo‘nalish bo‘yicha tan olingan yirik mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib, ular mavzu va kutilayotgan natija samaradorligini aniqlaydilar.



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish