Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
368
w
www.oriens.uz
June
2021
Ushbu to‘rt suyuqlik muayyan miqdorda bir-biri bilan mutanosiblik o‘lchovlarida
yagonalik-me’yorni tashkil etadi. Bu holatda salomatlik me’yori mustaqil to‘rt
me’yorning munosobati shaklida namoyon bo‘ladi. Abu Mansur al-Qumri ham o‘z
ustozi Ibn Sinoning bu boradagi fikrini tasdiqlab shunday deydi: ”Inson tanasining
e’tidolli holatida bu qarama-qarshi to‘rt sifat ma’lum bir chegarada to‘xtagan bo‘ladi”.
Mizoj mo‘’tadil va mo‘’tadillikdan chiqqan holatda bo‘lishi mumkin. Mizoj
mo‘’tadil bo‘lsa kishining tanasi sog‘lom, mo‘’tadillikdan chiqsa kasallik paydo
bo‘ladi.
Inson uchun eng yaxshi holat mizojning mo‘’tadil bo‘lishidir. “Mizoj mo‘’tadil
bo‘lganida gavdadagi qarama-qarshi xususiyatlar miqdor jihatidan o‘rtacha va sifat
jihatdan nuqsonsiz bo‘ladi. Bunday kishi sog‘lomdir. Agar qarama-qarshi
xususiyatlar o‘rtacha bo‘lmay, ikki tomonning biriga, masalan, issiqlik yoki
sovuqlikka, ho‘llik yoki quruqlikka yoki har ikkisiga moyil bo‘lsa, mizoj
mo‘’tadillikdan chiqadi va tanada kasallik paydo bo‘ladi.
“Mo‘’tadillik - mizoj egasining butun gavdasida yoki bir a’zosida unsurlarning
miqdori va kayfiyatlari bilan odam mijoziga keragicha eng to‘g‘ri taqsimlanib, eng
to‘g‘ri nisbatda to‘lla-to‘kis bo‘linganidan iboratdir”.
“Mo‘’tadillik” – mutanosib miqdorlar, proporsiya, nisbat ma’nosini bildiradi.
“Sifatli qon” deganimizda, qon tarkibiga kiruvchi barcha elementlarning miqdoriy
mutanosibligi tushuniladi, bunday qon mo‘’tadil sifatiga tengdir. Mana shu sifatli
qonga mos sifatli safro, sifatli hujayralar suyuqliklar va h. bo‘lishi lozim.
Abu Ali ibn Sino “Taodul” va “mo‘’tadil” so‘zlarining ma’nosini ajratib berdi.
“Taodul” so‘zi og‘irlikdagi barobarlikni bildiradi.
Ibn Sino “Urjuza fit-t-tib” (”Tib haqida urjuza”) kitobida aniqrog‘i she’riy
risolasida mizojning to‘qqiz xilini: issiq mijozli; sovuq;
1.
quruq;
2.
ho‘l;
3.
issiq va quruq;
4.
issiq va ho‘l;
5.
sovuq va quruq;
6.
sovuq va ho‘l mijozli
7.
mo‘’tadil mizojni ko‘rsatib berdi.
Bu to‘qqiz xil mizojning har birini uch darajasini ajratib ko‘rsatib berdi.
Ibn Sino ko‘rsatishicha, xar bir tirik mavjudotning o‘z turiga mos tabiiy
me’yori bo‘ladi. Eng mo‘’tadil mizojga ega bo‘lgan mavjudot insondir. Uning katta
yutug‘i shundan iborat bo‘ldiki, mizoj haqidagi konsepsiyasini umumiylikdan
alohidalikka so‘ng individuallikka olib inson tanasi misolida ko‘rsata olganidir. Har
bir odamning o‘ziga xos (individual) mizoji bo‘ladi, deb ta’kidlaydi alloma.
Do'stlaringiz bilan baham: |