2020-yilda andijon tumani 53 -umumta’lim maktabida o’tagan amaliyot raxbari: X. R. Abduvaliyev andijo n


Mavzu: Urush yillarida fan, maorif va madaniyat



Download 483,5 Kb.
bet11/29
Sana06.01.2022
Hajmi483,5 Kb.
#323617
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
2020 amaliyot

Mavzu: Urush yillarida fan, maorif va madaniyat

Reja:

  1. Ilm-fan g’alaba uchunxizmatda

  2. Maorif va oliy ta’lim

  3. Adabiyot g’alaba uchun kurashda

  4. Ommaviy axborot vositalari

  5. San’at front xizmatida

Urushning dastlabki kunlaridayoq SSSR FAning O'zbekiston filiali, respub-likada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ilmiy- tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stansiya va boshqalar respublika xo'jalik hayotini har-biy izga solish bilan aloqador muammolami hal etish-ga jalb etildi. Zavod- fabrikalar, temiryo'l va avtomobil yo'llari transport korxonalari bilan bevosita alo- qalar o'matildi. Olimlaming tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida 1941- yil 29-noyabrda O'zbekiston Ilmiy muhandis-texnika jamiyati tuzildi. G'arbiy hududlardagi yirik shaharlardan ko'plab ilmiy muassasalar O'zbekistonga ko'chirib keltirildi. SSSR FAning tarix, iqtisodiyot va huquq, jahon xo'jaligi va jahon siyosati, sharqshunoslik, jahon adabiyoti, moddiy mada-niyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, bir qancha muzeylar va kutubxonalar shular jumlasiga kiradi. Seleksionerlar S. S. Kanash va A. I. Avtonomov boshchiligida vilt kasalligini yuqtir-maydigan yangi navini yaratdilar. S. S. Kanash yaratgan S—460, L. V. Rumshevich yaratgan F—108 yuqori hosilli navlar, shuningdek, boshqa uzun tolali navlar paxtachilikning rivojida ulkan hissa bo'ldi. O'zbekistonda ekilib kelingan amerika paxta navlarini yangi navlar bilan almashtirish 1944-yilda tugallandi. Respublika olimlari Samarqandda joylashtirilgan Timir-yazev nomidagi qishloq xo'jalik akademiyasi xodimlari bilan hamkorlikda g'o'za, bug'doy va qand lavlagini almashlab ekish usulini joriy etdilar, O'zbekiston sharoitida qand lavlagidan mo'l hosil olishga ko'maklashdilar.Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi.

Yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharq-shunos, adabiyotshunos olimlar o'zbekistonlik ham-kasblari bilan O'zbekiston xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyotining muhim masalalarini ishlab chiqdilar. V.S.Struve, V.A.Shishkin, Y.E. Bertels, I.K.Dodonov, V. Y. Zohidov, H. Sh. Inoyatov, A. Y. Yakubovskiy, M.Y.Masson, S.P.Tolstov, Y.G'.G'ulomov va boshqalar O'zbekistonning eng qadimgi va o'rta asr-lar tarixi, moddiy madaniyati va ma'naviyati, O'rta Osiyo xalqlarining etnogenezi bo'yicha qator asarlar tayyorladilar. Ikki jildlik „O'zbekiston xalqlari tarixi’‘ni tayyorlashga kirishildi. Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o'zbek olimlari birgalikda ,,0'zbek adabiyoti tarixi’‘ asarini yaratdilar. 19’3-yil ‘-noyabrda O'zbekiston Fanlar akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T. N. Qori Niyoziy saylandi. Fanlar akademiyasining ochilishi respublika ha-yotida muhim voqea bo'ldi, ilm-fanning yanada taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratildi.O'zbekiston Fanlar akademiyasining uch faxriy a'zosi, 15 haqiqiy a'zosi, 20 muxbir a'zosi va 1265 ilmiy xodimi, shu jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta fan nomzodi ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi.

Ular orasida fizika-matematika fanlari doktorlari T. A. Sarimsoqov va V. I. Romanovskiy, geolog olim H. M. Abdullayev, fizik olim S. U. Umarov, fay-lasuf I. Mo'minov, adib S. Ayniy, yozuvchi Oybek, shoir G'. G'ulom va boshqalar bor edi. Sharqshunoslik instituti olimlarining Sharq qo'l-yozmalarini o'rganish asosida tayyorlagan fors, arab va turkiy tillarda yozilgan qo'lyozmalar to'plami jahondagi eng boy to'plamlardan biri bo'lib qoldi.

Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan 1941—1943-yillarda ko'chirib kelti-rilgan 35 oliy o'quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi, ulaming ba'zilari o'zaro yoki O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan birlashtirildi.

O'z professor-o'qituvchilari bilan ko'chirib keltiril-gan oliy o'quv yurtlarining faoliyati respublikada oliy ta'limning yanada rivojlanishiga ijobiy ta'sir etdi. Moskvalik va leningradlik olimlar sinflar ga yangi kurslar bo'yicha ma'ruzalar o'qidilar, mahalliy millat vakillaridan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ko'maklashdilar, yangi mutaxassislik bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. 1943—1944-yillarda o'z shahar-lariga qayta boshlagan, urushning dastlabki davrida vaqtincha yopilgan yoki birlashtirilgan institutlar qayta tiklanayotgan, yangidan Chimboy va Urganch pedagogika institutlari, Namangan va Marg'ilon o'qituv-chilar institutlari, Toshkent teatr san'ati instituti ochilgan, ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik ortgan bir paytda respublika hukumatining oliy o'quv yurtlariga ko'magi sezilarli bo'ldi.

1945-yilda oliy o'quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan 3 taga ko'payib 33 tani tashkil etdi, sinflar soni esa 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Umsh yillarida hammasi bo'lib 10 mingdan ko'proq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassis tayyorlandi.

Maktablarda ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o'quvchilar bilimini baholashning besh balli tartibi, boshlang'ich va yetti yillik maktablarni tamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o'rta mak-tabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati — guvohnomasi uchun imtihonlar topshirish majburi-yati, maktab o'quv dasturlarini a'lo o'zlashtirgan va a'lo xulqli o'quvchilami oltin va kumush medallar bilan taqdirlash joriy etildi. Bu tadbirlar dars mashg'ulotlari saviyasini ko'tarishga, o'quvchilar intizomi-ni yaxshilashga olib keldi. Ko'chirib keltirilgan muassasalar o'z joylariga qaytib keta boshlagach, maktab binolari ham bo'shati-la bordi, o'quvchilar o'z maktablari bag'riga qaytib, o'qishlarini davom ettirdilar. 1940/41-o'quv yilida 5504 ta umumta'lim maktablari-da 1368,9 ming o'quvchi o'qigan bo'lsa, 1945/46-o'quv yilida 4976 ta umumta'lim maktablarida 989,2 ming bola ta'lim oldi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o'z faoliyati-ni dushmanni tezroq tor- mor etishga qaratdi. Uning rayosati qoshida tashviqot va targ'ibot bo'limi, harbiy komissiya tuzildi. Ijodiy ziyolilaming radio va matbuotda kishilarni hushyorlikka, vatanparvarlikka, dushmanga qarshi mardona jang qilishga, front orqasini mustahkamlashga chorlovchi chiqishlari katta ahamiyatga ega bo'ldi.O'zbekistonga vaqtincha ko'chirib keltirilgan ms, ukrain, belorus, moldavan va boshqa millatlarga man-sub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida faol qatnashdilar, o'zbekistonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qildilar. „Biz yengamiz!’ degan almanax,

„O'zbekiston shoirlari — frontga’ degan antologiya ana shunday hamkorlikning mevasi bo'ldi. Hamid Olimjon, Uyg'un, Sobir Abdulla, Nikolay Pogodinlar birgalikda „O'zbekiston qilichi’‘ musiqali dramasini yaratdilar.

Urush yillarida yaratilgan Oybekning „Navoiy’ va „Qutlug' qon’‘ romanlari, Abdulla Qahhoming „Oltin yulduz’ qissasi, „Xotinlar’ asari jamoatchilikning yuk-sak bahosiga sazovor bo'ldi. She'riyatda ulkan yuksalish bo'ldi. Hamid Olimjonning „Qo'lingga qurol оГ‘, „Sharqdan G'arbga ketayotgan do'stga’, „Jangchi Tursun’ va „Roksananing ko'z yoshlari’, G'afur G'ulomning „Sen yetim emassan’, ,,Men-yahudiyman’, „Bizning ko'chada ham bayram bo'lajak’, Uyg'unning „Qasam’, „Bir qadam ham orqaga chekinilmasin’ va „Maktub’, Maqsud Shayxzodaning ,,0na kuzatmoqda’ va „Kapitan Gastell’ she'rlari, Sharof Rashidovning „Qahrim’ she'rlar to'plami, Sulton Jo'raning „Pulemyotchi ovozi’, „Nayzamiz’ she'r-lari fashizm kirdikorlarini fosh etib, g'alaba qozonishga ishonchni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko'tardi.

Teatrlarda urush mavzusiga bag'ishlangan „Davronota’, „Sherali’, „O'zbekiston qilichi’ musiqali dramalari, „Ulug'bek’ va „Mahmud Torobiy’ operalari, mardlik, jasorat mavzularida yozilgan Komil Yashinning „Bosqinchilarga o'lim’, M. Shayxzodaning „Jaloliddin’ pyesalari ko'rsatildi.

Urush yillarida o'zbek davlat opera va balet teatri 10 ta, Hamza teatri 16 ta, Gorkiy nomli rus drama teatri 32 ta yangi spektakllami sahnalashtirdilar. Respublika teatr jamoalari 1942—1944-yillarda 203 ta yangi asami sahnalashtirdilar, 187568 marta spektakl va konsert namoyish etdilar, ulami millionlab kishilar tomosha qildilar. Xalq ashulachilarining, talantli bastakorlaming ijodi zo'r shuhrat qozondi. To'xtasin Jalilov va Yunus Rajabiy xalq musiqa san'atining an'analariga tayanib,yorqin xalqchil asarlar yaratdilar. M. Ashrafiy, T.Sodiqov, M. Burhonovlar musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko'tardilar. Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko'chib kel-gan yirik kinomatograflar bilan hamkorlikda „Ikki jangchi’, „Nasriddin Buxoroda’, ,,217-raqamli odam’, „Vatanga sovg'a’, „Besh respublikaning film-konserti’ nomli kinofilmlarni yaratdilar. O'zbekiston rassomlari zo'r g'ayrat bilan ishladilar. L. Abdullayevning „Qizil Armiyaga kuzatuv’ va „Mukofot bilan tabriklash’, O'. Tansiqboyevning „Otliqlar hujumi’ va „Partizan qiz’, Ch. Ahmarovning „O'zbekiston — frontga’, V. Y. Kaydalovning „Fashist gazandasi yo'q qilindi’ va „Dushmanga qaqshatqich zarba’ asarlari O'zbekiston badiiy xazinasidan mus-tahkam o'rin egalladi. Urush yillarida O'zbekiston san'at xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga xizmat qilib, ulaming ruhini ko'tarib tur-dilar. San'atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq konsert brigadalari frontdagi jangovar harbiy qismlaming askar va zobitlari uchun 400 dan ko'proq konsert berdilar, respublika hududida joylashgan harbiy qismlarda 15 mingta, gospitallarda 10 mingta konsert uyushtirdilar. Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san'atkorlar: Halima Nosirova, Tamaraxonim, Abror Hidoyatov, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto'rayeva, Abbos Bakirov, Kommuna Ismoilova va boshqalar xalq hurmatiga sazovor bo'ldilar. Ijodkor ziyolilaming asarlari, san'at ustalarining chiqishlari xalqni ma'naviy jihatdan ko'tardi, ommani g'alaba uchun kurashga safarbar etishda muhim omil bo'ldi. O'zbek ijodkorlari fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga munosib hissa qo'shdilar.




Download 483,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish