7-VARIANT
1. Bariy gidroksid va mol miqdordagi nitrat kislota ta’sirlashuvidan olingan tuz molekulasi tarkibidagi atomlar sonini aniqlang.
A ) 5 B) 7 C) 9 D) 4
2 . Zn X ZnCl2 Y ZnS
o’zgarishlar sxemasida birinchi reaksiya o'rin olish, ikkinchisi almashinish reaksiyasi bo‘lsa, Y va Y reagentlarni aniqlang.
A) xlorid kislota va mis (II)-sulfid
B) xlor va bariy sulfid
C) mis (Il)-xlorid va kaliy sulfid
D) magniy xlorid va simob (II)-sulfid
3. Zichliklari 1,2 va 1,7 g/mol bo’lgan eritmalar aralashtirilganda 0,5 kg (zichligi 1,5 g/ml) bo’lgan eritma olindi. Dastlabki eritmalar massasini (g) mos ravishda toping.
A) 250;450 B) 200;300
C) 400;500 D) 300;600
4. Kaolinning kimyoviy formulasini aniqlang.
A) Al2O3*2SiO2*2H2O
B) Al2O3*SiO2*2H2O
C) Al2O3*2SiO2
D) SiO2*2H2O
5. Qaysi moddaning normalligi molyarligidan 2 marta katta bo’ladi?
A) aluminiy sulfat B) natriy xlorid
C) ortofosfat kislota D) kaliy bixromat
6. 47 gr K2O 53 gr suvda eritilganda hosil bo’lgan eritmaning % konsentratsiyasini aniqlang
A) 11,2 B) 28 C) 56 D) 14
7. Rezorsin tarkibidagi uglerod va kislorod atomlari nisbatini aniqlang.
A) 1;2 B) 6;1 C) 2;1 D) 3;1
8. Is gazi va karbonat angidriddan iborat gazlar aralashmasida jami kislorod atomlarining massa ulushi 64% bo‘lsa, is gazining massa ulushini (%) hisoblang.
A) 44 B) 56 C) 40 D) 60
9. Quyidagi jadvaldan foydalanib Y atomining protonlar sonini aniqlang.
A) 20 C) 18 B) 17 D) 16
10. Sulfit kislota molekulasidagi s-bog‘larni hosil qilishda qatnashgan s, p, sp2 va sp3 -orbitallar sonini aniqlang.
A) 2, 0, 2, 7 B) 2, 4, 3, 12
C) 2, 4, 1, 7 D) 2, 0, 1, 7
11. Ushbu metall o’simliklar fotosintez jarayonini amalga oshirishda ishtirok etuvchi pigment-Xlorofil takibida 3% uchraydi. Uning tuzlari yetishmaganda o’simlik barglarini yashilligi yo’qoladi, fotosintez jarayoni buziladi. Hosildorlik keskin kamayadi ushbu metallni aniqalng.
A) Mg B) Ca C) Fe D) Cr
12. 8,5 gr NH3 ga necha litr (n.sh) da N2 qo’shilsa umumiy elektronlar soni avagadro sonidan 19 marta ko’p bo’ladi.
A) 22,4 B) 5,6 C) 11,2 D) 33,6
13. N2 + xO2 aralashmasining qaldiroq gazga nisbatan zichligi 2,5 ga teng bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang.
A) 3 B) 4 С) 1 D) 2
14. Quyidagi labaratoriyada qaysi modda ishlatilgan bo’lishi mumkin.
A) aldegid B) keton C) spirt D) alken
15. Titri 0,3g/sm3 bo’lgan eritmaning molyal konsentratsiyasini (mol/kg) hisobllang (M=100 g/mol; p=1,3 g/sm3)
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
16. Qaysi kislota nordon tuz hosil qila olmaydi.
A) H2SO4 B) HCl
C) H3BO3 D) H2S
17. Izobutil amindagi uglerod atomini oksidlanish darajasi yig’indisini aniqlang.
A) -11 B) -14 C) -8 D) +8
18. Cr2O7-2 anioni tarkibidagi xrom atomining oksidlanish darajasini toping.
A) +4 B) +7 C) +6 D) +12
19. Atmosfera korroziyasi natijasida 22,4 g temir massasi 24 g ga ortgan bo‘lsa, zang tarkibini aniqlang.
A) Fe2O3·1,5H2O B) Fe2O3·2,5H2O
C) Fe2O3·3,5H2O D) Fe2O3·4 H2O
20. 2-Brom-2-metil butanga netriy metali ta’sir ettirilganimizda hosil bo’lgan moddada nechta 2-lamchi uglerod bo’lishi mumkin.
A) 1 B) 6 C) 2 D) 0
21. CaxBryOz tarkibida 16 g kalsiy, 64 g brom va 2,4 mol kislorod atomlari bo‘lsa, birikmaning molyar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 232 B) 264 C) 296 D) 328
22. CH4 1500°C da qizdirilganda atsetilen hosil qiladi. Agar olingan gazlar aralashmasida hajm jihatdan 1/7 qismi atsetilen bo'lsa, reaksiya unumini (%) toping.
A) 75 C) 50 B) 60 D) 40
23. 600 g 10% li eritmadan suv bug‘lanishi natijasida eritma massasi uch marta kamaygan bo‘lsa, bug‘langan suv massasini (g) hisoblang (T = const).
A) 400 B) 280 C) 200 D) 360
24. C4Hx(OH)3 takibidagi qutubli bog’lari soni 13 ta bo’lsa x ni aniqlang.
A) 7 B) 8 C) 6 D) 5
25. Etilen CO va N2O dan iborat aralashmada N2O hajmiy ulushi 40% bo’lsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini aniqalng.
A) 44 B) 34,4 C) 68,8 D) 22
26. M(0‘r) = 55,6 g/mol bo'lgan buten-1 va butin-1 dan iborat aralashmani to'liq yondirish uchun 2,95 mol kislorod sarflandi. Xuddi shunday aralashmani to'liq gidrogenlash uchun necha mol vodorod sarflanadi?
A) 0,9 B) 0,8 C) 0,6 D) 0,7
27. RCOR keton molekulasidagi kislorodning massa ulushi 8/29 ga teng bo'lsa, uning molekular massasini aniqlang.
A) 86 B) 72 C) 100 D) 58
28. Poliizopren molekulyar massasi 13600 ga teng bo‘lsa, polimer tarkibida necha dona gibrid orbitallar mavjudligini aniqlang.
A) 3600 B) 5400 C) 4500 D) 7200
29 1 mol penta peptidning gidrolizlanishidan olingan amino kislotalar 3 mol/l ni 3 litrli eritma bilan to’liq reaksiyaga kirishdi. Aminokislotalar ichida mono hamda diamino aminokislota peptiddagi aminokislotalar mol nisbatini aniqlang.
A) 1;3 B)2;3 C) 1;4 D) 1;5
30. 0,25 mol glitsin natriy gidroksid eritmasida eritilganda 19,4 gramm tuz hosil qildi. Reaksiya unumini (%) hisoblang,
A) 80 B) 75 C) 70 D) 90
Do'stlaringiz bilan baham: |