CHANGNING ZARARLI TA’SIRI
Mashinasozlik sanoatida changning xosil bo‘lishi quymalarni tozalash va kesish, charxlash,
maxsulotga sayqal berish va silliqlash, detallarni qum oqimi bilan tozalash ishlarini bajarganda xosil
bo‘ladi.
Ishlab chiqarish changining ishchilar salomatligiga zararli ta’siri ko‘p omillarga bog‘liq
bo‘ladi. Ularga birinchi navbatda chang zarralarining fizik-kimyoviy xossalari, kattaligi va shakli,
xavodagi changning miqdori, smena davomida ta’sir etish muddaati va kasbda ishlash davri, muxit
va mexnat faoliyati kabi boshqa omillarning bir vaqtda ta’sir etishi kiradi. Masalan, tashqi xarorat
ko‘tarilganda yoki kishi jismoniy mexnat bilan shug‘ullanganda tez-tez nafas olish natijasida
organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning
bo‘lishi va xavodagi boshqa gazlar ta’siri changning organizmga zararli ta’sirini kuchaytiradi.
Organizmning chang ta’siriga ko‘rsatgan zararlanishida shaxsiy farqlanish bo‘ladi, bu nafas
yo‘llarining filtrlash xususiyati, biologik qarshilik va boshqalarga bog‘liq.
CHang ajralishning gigienik ta’siridan tashqari yana boshqa salbiy tomonlari bor: u
texnologik jixozlarning emirilishini tezlashtiradi, qimmatbaxo materiallarni ishdan chiqarib
iqtisodiy zarar etkazadi. Bundan tashqari ishlab chiqarish muxitining umum sanitariya xolatini
yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi asboblarni ifloslantirishi oqibatida yorug‘likni
23
kamaytiradi. CHangning ba’zi turlari, masalan, ko‘mir, yog‘och changlari yong‘in va portlashning
yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
CHanglarning kimyoviy tarkibi va eruvchanligi, changlarning katta-kichikligi (dispersligi),
zarrachalarning shakli, ularning qattiqligi tuzilishi (kristall, amorf), elektr zaryadlanish xossalari
organizmga ta’sir qilishda axamiyatga molikdir.
CHanglarning organizmga ta’sirining ko‘p xil ko‘rinishda bo‘lishini ularning kimyoviy
tarkibi belgilaydi. CHangning asosiy ta’siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. CHangli xavo
bilan nafas olish asosan nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy
zararlanish (zaxarlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba’zi bir changlar
qo‘shimcha kasalliklar tug‘dirish xususiyatiga ega. CHangning bu asosiy bo‘lmagan ta’siri yuqori
nafas yo‘llari, ko‘zning shilliq qavati, teri qoplami kasalliklarida ko‘zga tashlanadi. CHangning
o‘pka yo‘liga kirishi pnevmoniya, sil, o‘pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin.
Kremniy (11) oksid (ayniqsa uning kristall turi), silikatlar (kreniy kislotasining tuzlari),
ko‘mir, ba’zi bir metallar (alyuminiy va boshqalar) ning changlari, xamda xar xil changlar
aralashmasi masalan, mineral-metallar changlarining aralashmasi, pnevmokonioz rivojlanishida
kimyoviy tarkibiga ko‘ra xavfli bo‘ladi. Bu changlar amalda erimaydigan bo‘lib, nafas olganda
nafas tizimining chuqur bo‘limlarida tutilib qoladi va kasallikni yuzaga keltiradi, o‘pkada
biriktiruvchi to‘qimalarini rivojlanishiga olib keladi. SHu nuqtai nazardan erkin kristall kremniy (11)
oksidi ya’ni kvars changi va uning boshqa turlari eng xavfli chang xisoblanadi. Qo‘shimcha kasallik
tug‘diruvchi changlarning xavfliligi ularning eruvchanligi bilan to‘g‘ri proporsional bo‘la olmaydi.
Masalan, kvarsga qaraganda amorf kremniyning eruvchanligi yuqori, lekin kvarsning qo‘shimcha
kasallik tug‘diruvchi xavfi katta.
Eriydigan changlar nafas yo‘llarida tutilib so‘riladi va qonga o‘tadi, organizmga
ko‘rsatadigan keyingi ta’siri ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Masalan, qand changi zararsiz,
qo‘rg‘oshin, mis va boshqa metallarning changi zaxarlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
CHanglarning katta-kichikligi, ularning xavodagi turg‘unligi, nafas yo‘llariga kirish va
qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. 10-20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton
qonuniga bo‘ysingan xolda erga tortilish kuchi ta’sirida ma’lum tezlik bilan erga qo‘nadi. Nafas
olinganda ular nafas yo‘llarining yuqori qismlarida ushlanib qoladi. Mikroskopik tavsivdagi
zarrachalar (0,25-10 mkm) xavoda ancha turg‘un bo‘lib, bir xilda tezlik bilan erga tushadi. Nafas
olganda alveollarga ularning asosan 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari kiradi. Ultra mikroskopik
zarrachalar kattaligi 0,25-0,1 mkm va undan kichik bo‘lgan zarrachalar Broun xarakati qoidalariga
bo‘ysingan xolda xavoda uzoq vaqt aylanib yuradi. Ularning bir-birlari bilan to‘q nashishlari
natijasida yiriklashib (koagulyasiya), erga qo‘nishi mumkin. Nafas olingan xavodagi ultra
mikrosskopik zarrachalarning 60-70% i o‘pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalarning fizik-kimyoviy
aktivligini
belgilaydigan solishtirma
yuzasining
katta
bo‘lishiga qaramay, changli
shikastlanishlarning rivojlanishida xal qiluvchi rol o‘ynamaydi, chunki ularning massasi katta
bo‘lmaydi. Moddalar juda yuqori darajada maydalanganda ularning eruvchanligining ortishi va
o‘pkada ushlanish vaqtining kamayishi natijasida o‘pka to‘qimasiga changga o‘xshash ta’sir etishi
zaiflashadi, lekin zaxarli ta’siri kuchayadi.
CHang zarralarining shakli xar xil bo‘lishi mumkin: sferik, yassi, noto‘g‘ri. Aerozollar xosil
bo‘lishida chang zarralari miqdorining ko‘p qismi dumaloq shaklga ega bo‘ladi. Dezintegratsiya
aerozollarida esa noto‘g‘ri, ko‘p burchakli, yassi shaklda bo‘ladi. Zarrachalarning shakli aerozolning
turg‘unligiga va organizmdagi xolatiga ta’sir etadi. CHetlari o‘tkir tishli chang zarrachalari o‘pka
to‘qimalarini jaroxatlaydi degan tushincha noto‘g‘ri ekanligi isbotlandi, chunki ular yopishqoq limfa
muxitida bo‘ladi, bu ularning yuqorida aytib o‘tilgan xislatlardan maxrum qiladi. Biroq shisha
tola, slyuda kabi chang turlari nafas yo‘llariga kirganda yuq ori nafas yo‘llari xujayralarini mikro
zararlash xavfi aniq bo‘ladi. Ular ko‘zning shilliq qavatini va teriga ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.
CHang zarralarining qattiqligi ularning zararli ta’sirida aytarli rol o‘ynamaydi. Masalan,
korund va karboruundga o‘xshash juda qattiq moddalarning changi ulardan ancha yumshoq bo‘lgan
kvars changiga nisbatan kam zararlidir.
24
CHang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan bo‘lishi aerozollarning turg‘unligiga va
uning biologik aktivligiga ta’sir qiladi. Qattiq materiallarning changishi vaqtida chang
zarrachalarining 90-98% i musbat yoki manfiy zaryadlanadi. Ancha yirik zarrachalar ko‘p zaryadli
bo‘ladi.
CHang zarralarining adsorbsion xususiyatlari ba’zida ta’sirlash xususiyatiga ega bo‘lgan
zaxarli gazsimon moddalarning chang bilan kirishiga sabab bo‘ladi. Xavo muxitining changli
bo‘lishi, uni mikrob va bakteriyalar bilan ko‘p urug‘lanishiga sabab bo‘ladi.
CHangning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi kasb kasalligiga olib keladi. Ular
silikoz, silikatoz va boshqa shakllarga ajralgan. Silikoz-erkin kremniy (11) oksidi changining
ta’siridan rivojlanadigan pnevmokoniozning ko‘p uchraydigan va xarakterli shaklidir. Silikatoz-
kremniy kislota tuzlarining changi nafas olish yo‘llariga kirganda vijudga keladi, antrakozko‘mir
changi bilan nafas olganda vujudga keladigan pnevmokoniozdir. SHuningdek nafas olish
organlariga ba’zi bir metallarning, masalan, alyuminiy, temir, aralash tarkibli changlar kirganda
xam pnevmokonioz rivojlanishi mumkin.
CHangli xavo bilan nafas olganda ancha yirik chang zarralari yuqori nafas yo‘llarida ushlanib
qoladi, asosan 5 mkm va undan kichik bo‘lgan chang zarralari nafas yo‘llarining chuqur bo‘limlariga
tushadi. Organizmda ushlanib qolgan changlar miqdori chuqur nafas olganda, masalan og‘ir ish
qilganda, shuningdek, xavodagi chang miqdori ortib ketganda ko‘payadi.
Silikoz juda changli sharoitda odatda ko‘p yil, ko‘pincha og‘irchang miqdorining o‘zgarish
xolatini tegishli davrlar muddati xronometrik kuzatishlar yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |