2019 variant savollari
1 . (19-15-17 )Ushbu rasmda tasvirlangan davlat arbobi va u hukmronlik qilgan davlatni aniqlang?
A) Filipp II, Makedoniya
B) Perikl, Afina
C) Konstantin, Rim
D) Kir II, Eron
2. (19-15-28) Quyidagilardan to`g`ri ma’lumotlar berilganlarini ajrating?
1) Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalariga qarshi kurashda etrusklarga Afrikaning janubiy sohilida joylashgan Karfagen shahar davlati qo`shiladi; 2) Mil.avv. VII-VI asrlar tarixga Buyuk yunon koloniyalashtirishi nomini olgan; 3) Mil.avv. III asr o`rtalarida Shimoliy Afrika sohillarini, Sitsiliya, Kipr, Korsika orollarini o`z ichiga olgan qudratli davlat Karfagen quldorlari Sardiniya orolining g`arbiy qismini egallab olgan edilar; 4) Rimda harbiy guruhlar davlat bo`ylab tezroq harakatlanishi uchun soz (tekis) yo`llar tarmog`i barpo etilgan;
5) Sezar o`ldirilganidan keyin Brutt imperiyani qayta tiklashga urinib ko`radi;
6) Mil.avv. I asrda muntazam yollanma qo`shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandi.
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5
3. (19-16-20) Doro I shaxsi bilan bog`liq bo`lgan ma’lumotni aniqlang
1) Misr bosib olindi; 2) saltanat satrapliklarga taqsimlandi; 3) “Shoh yo`li” nomi bilan savdo yo`li barpo etildi; 4) Frakiya bosib olindi; 5) Fermopil darasida shoh Leonid boshchiligidagi spartaliklar tor-mor etildi
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 4, 5
4. (19-17-13) Nineviya shahri qaysi qadimgi davlatning poytaxti bo`lgan?
A) Urartu B) Midiya C) Ossuriya D) Falastin
5. (19-18-5) Korinf kongressida Yunon shaharlari ittifoqi tuzilgan edi, ular qaysi masalalarda kelishgan edilar?
1) o`zaro urushlar olib bormaslik; 2) Makedon podshosiga so`zsiz itoat etish; 3) faol tashqi siyosat olib boorish; 4) murosada tinch-totuv yashash; 5) bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik; 6) yagona davlat g`aznasini tashkil etish
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 5
6. (19-18-7) Xitoyda II asrda yuz bergan eng yirik qo`zg`olon tarixga qanday nom bilan kirgan?
A) “Oq niqoblilar qo`zg`oloni” B) “Qizil peshanabog`lilar qo`zg`oloni”
C) “Qizil ro`mollilar qo`zg`oloni” D) “Sariq ro`mollilar qo`zg`oloni”
7. (19-18-8) Qadimgi Rimda kolonlar yerdan foydalanganlik uchun yer egasiga nima bilan to`lov to`lashgan?
A) kumush va chorva mollari bilan
B) yer egasining yerida 1 yil ishlab berish bilan
C) o`zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan
D) mahsulotlarni zargarlik buyumlariga ayirboshlash yo`li bilan
8. (19-22-25) Quyidagi davlatlardan antic davr davlatlarini belgilang.
1) Ahamoniylar davlati; 2) Kushon davlati; 3) Salavkiylar davlati; 4) Rim imperiyasi;
5) Yunon-Baqtriya davlati; 6) Parfiya
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 3, 5, 6 D) 2, 4, 6
9. (19-25-25) Qadimgi Rim xudolarini nomlari bilan moslashtiring.
1) Merkuriy; 2) Vulqon; 3) Fortuna; 4) Morfey; 5) Venera
a) olov va temirchilar; b) bahor va sevgi; c) uyqu; d) savdo-sotiq; e) taqdir
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c
C) 1-d, 2-a, 3-e, 4-c, 5-b D) 1-c, 2-e, 3-a, 4-b, 5-d
10. (19-26-1) “Suvni ham, yerni ham quduq tubidan yetarlicha olasizlar” – degan so`zlar qaysi mustamlakachi davlatga nisbatan aytilgan?
A) Rim imperiyasi B) Mo`g`ullar davlati
C) Arab xalifaligi D) Ahamoniylar davlati
11. Oltin mo`ynani izlagan Ellada qahramonlari qanday atalgan?
A) Argonavtlar B) Avgurlar
C) Prokonsullar D) Gladiatorlar
1 2. (19-29-25) Rasmda ko`rsatilgan shaxs qaysi dinga taalluqli?
A) buddaviylik
B) islom
C) xristianlik
D) zardushtiylik
13. (19-29-26) Sharqiy Rim imperiyasiga qaysi hududlar kirar edi?
1) Shimoliy Afrikadagi viloyatlar; 2) Italiya; 3) Misr; 4) Bolqon yarim oroli;
5) Yevropa; 6) Kichik Osiyo
A) 1, 2, 4 B) 3, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
1 4. (19-30-1) Suratda tasvirlangan haykal muallifini aniqlang?
A) Poliklet
B) Fidiy
C) Miron
D) Xares
15. Xettlarning asosiy raqibiga aylangan Mitanni podsholigi hozirgi qaysi davlat hududida vujudga kelgan?
A) Suriya B) Livan C) Falastin D) Liviya
16. To`g`ri ma’lumotni toping.
A) Doro I Suza shahridan Qora dengiz sohiliga qadar “Shoh yo`li” deb nomlangan savdo yo`li qurdirgan
B) Doro I Qizil dengiz sohillaridan yashovchi skiflar ustiga yurish qilgan
C) Doro I saltanatni satrapliklar deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o`lkalarga taqsimladi
D) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi
17. Quyidagi sak qabilalari yashagan hududlari bilan to`g`ri moslashtirib berilgan javobni aniqlang.
1) saka tigraxauda; 2) saka tiay-taradarayya; 3) saka xaumovarka
a) Pomirning tog`li tumanlari va Farg`onada; b) Hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog`iston yerlarida; c) Orol dengizi bo`ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida; d) Amudaryo bo`ylarida
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-d D) 1-a, 2-d, 3-b
18. Quyidagi davlatlardan qay biri boshqalariga nisbatan avvalroq vujudga kelgan?
A) Salavkiylar davlati B) Davan davlati
C) Yunon-Baqtriya podsholigi D) Kushon podsholigi
19. Qadimgi Rimda Xalq majlisi qarorlarini qaysi organ tasdiqlagan?
A) Sud kengashi B) Senat
C) Konsullar kengashi D) Beshyuzlar kengashi
20. Qadimgi Rimda armiya tuzilishi to`g`ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang?
A) legion-kogorta-falanga B) senturiy-kogorta-legion
C) kogorta-senturiy-liktor D) senturiy-legion-falanga
21. O`zbekistonning qaysi hududlaridan so`nggi paleolit davri odami manzilgohlari topilgan?
A) Toshkent viloyati, Buxoro, Surxondaryo hududlaridan
B) Samarqand shahri hududi, Toshkent viloyati, Farg`ona vodiysidan
C) Surxondaryo, Xorazm, Buxoro viloyatidan
D) Samarqand shahri yaqini, Xorazm, Qashqadaryo hududidan
22. Quyida berilganlardan Qadimgi dunyo tarixida mil.avv. I asrda ro`y bergan voqealarni aniqlang.
1) Rimda muntazam yollanma qo`shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandi; 2) Kushon davlatiga asos solindi; 3) Xitoyda qog`oz ixtiro qilindi; 4) Rim eng yirik va aholisi ko`p shaharga aylandi; 5) Qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon “Geografiya” nomli asar yozdi
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4
23. Misrda yangi podsholik davri hukmdorlari hujumlarini qaysi mamlakatlarga qaratganlar?
A) Nubiya va Liviya B) Nubiya va Old Osiyo
C) Sinay yarim oroli va Liviya D) Old Osiyo va Liviya
24. Quyidagi qaysi hukmdorlar uchun jahonga mashhur maqbaralar bunyod etilgan edi?
A) Chandragupta va Sin Shixuandi B) Xammurapi va Drakont
C) Sin Shixuandi va Tutanxamon D) Perikl va Tutanxamon
25. Ahamoniylar hukmdori Kserks hukmdorlik qilgan asrda Afinani boshqargan shaxsni belgilang.
A) Drakont B) Demosfen C) Solon D) Perikl
26. Quyida berilganlardan Qadimgi Rim va Yunonistonning ovchili, urush, dengiz, olov va temirchilik, sudlov-adliya xudolari to`g`ri berilgan qatorni toping.
A) Yupiter-Poseydon, Mars-Ares, Venera-Apollon, Baxus-Gefest, Yustitsiya-Femida
B) Diana-Artemida, Mars-Ares, Neptun-Poseydon, Vulqon-Gefest, Yustitsiya-Femida
C) Yupiter-Zevs, Mars-Aid, Neptun-Poseydon, Diana-Demetra, Vulqon-Geya
D) Yupiter-Ares, Mars-Aid, Neptun-Poseydon, Vulqon-Gefest
27. Quyidagilardan Solon Afina hukmdori etib saylangan va Doro I Fors davlati taxtiga chiqqan yillar oralig`ida sodir bo`lgan voqealarni ajrating.
1) Makedoniyalik Aleksandr Doro III qo`shinlarini tor-mor etdi; 2) Kir II barcha forslarni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi; 3) Yangi Bobil podsholigi forslar tomonidan bosib olindi; 4) Rim Respublika deb e’lon qilindi
A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 3
28. Quyidagi voqealar to`g`ri xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javobni aniqlang?
1) Zardusht va’zlari matnlarining hammasi 21 ta kitobga jamlandi; 2) Xitoyda “sariq ro`mollilar” qo`zg`oloni bo`lib o`tdi; 3) Salavkiylar davlati tashkil topdi;
4) Yunonistonda Olimpiya o`yinlari o`tkazish to`xtatildi;
A) 4, 3, 1, 2 B) 1, 2, 3, 4
C) 2, 1, 3, 4 D) 3, 1, 2, 4
29. Mil.avv. II asrda tashkil topgan “Buyuk meridianal yo`l” (Buyuk ipak yo`li) sariq dengizdan boshlanib, qaysi hududlar orqali O`rta yer dengiziga qadar brogan?
A) O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya, Misr
B) Sharqiy, Turkiston, O`rta Osiyo, Eron Mesopotamiya
C) Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Misr, Eron
D) Sharqiy Turkiston, Eron, Misr, Mesopotamiya
30. Milodiy asr boshlarida “Xudoning o`g`li” nomini olgan Iso qaysi shaharda tug`ilgan?
A) Rim B) Bobil C) Vizantiy D) Vifleem
Do'stlaringiz bilan baham: |