So‘roq va taajjub yuklamalari - -mi, -chi, -a(-ya) yuklamalaridir. –mi so‘roq va taajjubdan tashqari modal ma’noni ham bildiradi, bunda u noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko‘chadami, uning uchun farqi yo‘q edi. –chi yuklamasi so‘roqdan tashqari buyruq, do‘q, iltimos, qistash, ta’kid, uqtirish ma’nolarini ham bildiradi: Qani, yur-chi! Kitobingni bеrib tur-chi. -a, -ya yuklamalari ham so‘roq va taajjubdan tashqari his-hayajonni, tasdiq va ishonchni ham bildiradi: Qanday chiroyli-ya! Ko‘ylagingiz shunday ho‘l-a.
So‘z yuklamalar – so‘z ko‘rinishidagi yuklamalar: faqat, ham, axir, hatto.
Do'stlaringiz bilan baham: |