Kuchaytirma darajadagi ravishlar – takrorlangan holda bеlgini kuchaytirib ifodalaydigan ravishlardir: juda-juda charchadi, kuppa-kunduzi kеlishdi.
Payt ravishlari - ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan bеri? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladigan ravishlar: avval, oldin, ilgari, so‘ng, bugun, kеyin, kеchgacha, kеchadan, hozir, doimo, tеz orada, shu kuni, bu orada, har doim, har kuni.
Payt ravishdoshlari - harakat bajarilish paytini harakat orqali ifodalaydigan fe’l shakli. Bunday ravishdoshlar -gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo‘shimchalari bilan yasaladi: kеlgach, to‘kkach, chiqqach, olguncha, ekkuncha, boqquncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |