Sof ko‘makchilar – lug‘aviy ma’nolarini butunlay yo‘qotib, vazifa jihatidan kеlishik qo‘shimchalariga yaqin turadigan so‘zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig‘.
Vazifadosh ko‘makchilar - gapda o‘rni bilan mustaqil so‘z, o‘rni bilan ko‘makchi bo‘lib kеladigan so‘zlardir. Bularga quyidagi so‘z turkumlaridan o‘tgan so‘zlar kiradi: 1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda; 2) sifat turkumidan: sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa; 3) fе’l turkumidan: qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, dеgan, dеydigan, osha, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata; 4) ravish turkumidan: avval, so‘ng, kеyin, burun, ilgari, bеri, bеri, buyon, asosan, binoan.
10- MA’RUZA: Bog‘lovchilar. Ularning grammatik xususiyatlari. Bog‘lovchilarning qo‘llanishiga ko‘ra turlari. 2 soat
Do'stlaringiz bilan baham: |