Yordamchi so‘z turkumlari haqida umumiy ma’lumot.
Atash ma’nosiga ega bo‘lmagan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deb ataladi. Bularga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kiradi. Yordamchi so‘zlar til tizimida mohiyatan mustaqil so‘zlar bilan qo‘shimchalar oralig‘ida turadi
Ko‘makchi haqida ma’lumot
Ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so‘zlardan (sifat, son, sifatdosh, ravish) keyin kelib, ularni boshqa so‘zlarga tobelanish yo‘li bilan bog‘slaydigan yordamchi so‘zlar ko‘makchi deyiladi: O‘z qo‘li bilan to‘g‘riladi. Ko‘makchi qaysi so‘zdan keyin kelsa, o‘sha so‘z bilan birgalikda bir so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |