Shaxsi aniq gap. Kеsimi harakatni bajaruvchi shaxs-egani aniq ko’rsatib turadigan bir bosh bo’lakli gap shaxsi aniq gap dеyiladi.
Atov gap. Prеdmеt, voqеa-hodisaning mavjudligi to’g’risidagi hukmni bildiruvchi bir bosh bo’lakli gap atov gap dеyiladi. Masalan: O’rtada katta stol. Stolning ustida guldor choynak. Bahor. Hamma yoq ko’m-ko’k libosga burkangan.
I L O V A L A R
TARQATMA MATERIALLAR.
1- VARIANT
1. Gap haqida ma`lumot bering.Tayanch so`zlar:darak,so`roq, undov.
2. Maqsad holi haqida tushuncha bering. Tayanch so`zlar:holning turlari.
3. Shart va to’siqsizlik holi haqida ma’lumot bering? Tayanch so`zlar: holning turlari.
4. Quyida berilgan gap sodda gapning qaysi turiga mansubligini aniqlang.
Yozning issiq kunlari. Egnimda yelvaygina, ko‘ksi ochiq, yoqasiga pilta otgan surp yaktak.
5. 5ta gap tuzing va sintaktik tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |