10- AMALIY MASHG`ULOT : RAVISH YUZASIDAN UMUMIY MORFOLOGIK TAHLIL. 2 soat
272- mashq. O‘qing, ravish darajalarini aniqlang, ularni darajasiga ko‘ra uch ustunga yozib, daraja yasovchi vositalar tagiga chizing.
1. Norqo‘zi bilan yigitchasiga bir gaplashsin. (H. G‘.) 2. Samovarga, menimcha, kassirning hojati yo‘q, bu yigit katakdan ko‘ra dalaga ko‘proq yarashadi. (A. Q.) 3. SHukur, olamda yomondan ko‘ra yaxshi ko‘p. (H. N.) 4. Nazarida, bugun tong har galgidan ko‘ra barvaqtroq yorishayotgandek, shu yozuvni tezroq odamlarga ko‘rsatishga oshiqib vaqtli yorishayotgandek edi. (S. Ahm.) 5. Sen eng avval xavfsizlik texnikasini o‘rganishing kerak. (P. Q.) 6. Yomg‘ir bu yerda Toshkentdagidan ham mo‘lroq yoqqan, yo‘l loy... (H. G‘.) 7. Rostini aytsam, bundan sal burunroq yangi maktab ochilishi to‘g‘risida mish-mish gaplar eshitgandim. (N. S.)
Do'stlaringiz bilan baham: |