4. Uyushuq bo’laklarda vergulni ishlatilishi.
1. Uyushuq bo’laklarda sanash intonatsiyasi bilan birikkanda, yozuvda biri ikkinchisidan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Oydin osuda bir tun edi. (O.Yo.) Tus-to’polon ichida bir-birlarini yoqotib qo’ymaslik uchun O’rinboy, Sergey, Matluba, Mishalar qo’l ushlashib olishdi. (T.Po’lat.)
2. Uyushuq bo’laklar zidlovchi bog’lovchilar yordami bilan birikkanda ham, shu bog’lovchilardan oldin vergul qo’yiladi. Masalan: Munavvar seskandi, lekin shu zahoti o’zini qo’lga oldi. (S.Anarboev) Ketma-ket chaqaloqning yo’g’on, leki bog’iq inga-ingasi eshitildi. (S.Z.)
3. Uyushuq bo’laklar takrorlanuvchi bog’lovchilar yordami bilan birikkanda, ular orasida vergul qo’yiladi.
Masalan: Tog’lar goh chap tomoningda, goh o’ng tomoningda paydo bo’lib qolardi. (U.U.)
Do'stlaringiz bilan baham: |