з d
Tulkilar boshqa chora topolmabdilar. To‘plani- shib, shivir-shivir boshlabdilar. Tulkilarning biri:
Rozi bo‘laveraylik. Hozircha topgan-tutgan- larini g‘orga tashib, eshikni berkitib o‘tira- verishsin, - debdi.
Birdan hujum qilamiz, hammasini qo‘lga tu-
shiramiz, - debdi ikkinchi Tulki.
Maslahatga berilib ketgan tulkilar daraxtdagi Qizilishtonni sezmay qolibdilar. O‘rmon shifokori tulkilarning hiylasidan Tipratikanni xabardor qi- libdi.
Bekorga shivirlashmayotgan ekan-da! - debdi Tipratikan Qizilishtonga rahmat aytib. -Yax- shiyam bizni xabardor qilding. Bechora qu- yonlar ayyorlarning qo‘liga tushishlariga sal qo- libdi-ya!
Tipratikan quyonlarni qutqarish yo‘lini o‘ylay boshlabdi. U quyonlardan birini g‘orga kiritibdi va tuynuk bor-yo‘qligini bilib chiqishni aytibdi. Quyon tashqariga ochilgan kichikroq tuynuk borligini bilib chiqibdi.
Shu payt baroqdum kelib:
Biz rozimiz. Mayli, bu boshpana quyon do‘stlarimizga bo‘la qolsin. Biz tashqarida g‘or- ni qo‘riqlab yashayveramiz, - debdi.
Quyonlar rozi bo‘lishibdi. Tipratikan esa qu- yonlarga tuynukdan tezroq chiqib ketishni isho- ra bilan tushuntiribdi.
Quyonlar g‘orga kirib, yashirin ^yo'ldan chiqib keta boshlabdilar. Quyonlarning oxirgisi chiqib bo‘lgach, Qizilishton Tipratikanga ko‘z qi- sibdi. Tipratikan tulkilarga g‘orga kirishga rux- sat beribdi.
Tulkilar bir-birlarini bosib-yanchib ichkariga oti- libdilar. Biroq u yerda ^hech kim yo‘q ekan. Aldangan, och tulkilar g‘azab bilan tashqariga chiqishibdi. Bu ◄hiylani Tipratikan o‘ylab top- ganini darhol bilishibdi. Ular Tipratikanga tash- lanishibdi. Tipratikan esa g‘ujanak bo‘lib olib, ular tomonga dumalabdi. Xullas, ayyor baroqdum va do‘stlarining maqsadi amalga osh- mabdi. Ular sharmanda bo‘lib, jo‘nab qolib- dilar.
Yashavor, Tipratikan og‘ayni! - debdi Qizilishton. - Dono maslahating bilan quyonlarning hayotini saqlab qolding.
Ha, do‘stim, sen ham katta yordam ber-
ding, - minnatdorchilik bildiribdi Tipratikan. -
Agar biz birlashmaganimizda, ayyorlar ustidan g‘alaba qilolmas edik.
Tipratikan nimaga o‘ylanib qolibdi va qanday tadbir qo‘llabdi?
Nima uchun tulkilar o‘z maqsadlariga erisha olmabdilar?
Ertakda qanday fazilatlar ilgari surilgan? Har bir qismga mos sarlavha toping.
Ertak qahramonlariga baho bering.
Do‘sting bilan dildosh bo‘l,
Qilar ishiga qo‘ldosh bo‘l.
Laylak qor
Orif To‘xtash
laylak qor, o‘xshaydi.
Uchib tushgan Momiq parga To‘kilishi maftunkor,
Munchoq, zarga o‘xshaydi. Laylak qor, laylak qor, Ko‘ngillarni yayrat, qor!
Qo‘lim tutsam, kaftimga
Kapalakday qo‘nadi.
Naqshi hayratga solib, Zumda
Laylak qor,
Mo‘jizali,
Daraxtlar ham oq rangda Chizilganga o‘xshaydi.
erib jo‘nadi.
laylak qor,
hayrat qor!
ham
Osmonning tegirmoni Buzilganga o‘xshaydi.
Laylak qor, laylak qor, Uchib-qo‘nib, yayrab qol!
Zavq berar bu manzara, Har o‘g‘ilga, har qizga. Uydan chiqib, singlim ham Aylandi naq Qorqizga! Laylak qor, laylak qor, Qorqiz kiygan ko‘ylak qor!
She'rni
Tabiat og‘zaki
Fikrlaringizni
yod oling.
tasviriga e'tibor qarating. ifodalang.
Qish bo‘lmasa-chi?
Do'stlaringiz bilan baham: |