Qudrat Hikmat
Biyday cho‘l-u dalalar, Bo‘ralar qor kapalak. Bog‘lar sokin, mizg‘ishar
Misoli oq kapalak.
Muz oynalar sovuq yeb, Anhorchada qirsillar. Tarnovlarda sumalak Shodalari chirsillar.
Saxiy ona tabiat Quchog‘ida havo sof. Onda-sonda ko‘rinar
Nursiz, qizg‘ish oftob.
Ayamajiz izg‘iydi,
Ko‘chalarda tutaqib.
Shox-shabbani tortqilar, Yalmog‘izdek yutoqib...
Ko‘k maysalar nish urib,
Yerning baland-pastida.
Go‘zal bahor selkillab,
Yetilar yer ostida.
Uchinchi to‘rtlikda nima deyilgan?
Ayamajiz paytida tabiatda qanday hodisalar ro‘y beradi?
Qorboboga elektron maktub
Zamira Ibrohimova
(Hikoya)
Bugun Sardor o‘zgacha hayajon bilan mak- tabdan keldi. Ovqatlanib bo‘lgach, ko‘tarinki kayfiyatda dars qilishga o‘tirdi. Qo‘liga ruchkasini oldi, daftarning oppoq varag‘iga „Qish“ deb sarlavha qo‘ydi. Davomiga nima yozishni bilol- may, to‘xtab qoldi.
„Nima yozsam ekan-a? Ertak to‘qish shun- chalik qiyin deb o‘ylamagan edim“. Deraza yoniga kelib, tashqariga qaradi, dekabr oyi bo‘lsa ham, qishni eslatadigan hech narsani ko‘rmadi. Yer qup-quruq, osmon tip-tiniq, quyosh charaqlab turibdi. „Hmm, ustozimiz ham qiziq. Qor yog‘magan bo‘lsa, bolalar qorbobo yasa- mayotgan bo‘lishsa, qanday qilib qish haqida ertak to‘qib bo‘ladi... Katta yozuvchilar ham qor yog‘ishini tomosha qilib, keyin ertak yozishadi-da. Agar qish oxirigacha qor yog‘masa- chi,
rishini iltimos qilar- dim. Qor gupullab yog‘sa, bolalar qor- bo‘ron o‘ynasalar, qorbobo yasasalar qanchalik xursand bo‘lishardi-ya...“
Sardor shularni xayolidan o‘tkazib, jim bo‘lib qoldi.
So‘ng „Voy, shular haqida yozsa bo‘ladi-ku!“ dedi xayoliga kelgan fikrdan quvonib. Va tez- tez yoza boshladi: „Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, uzoqmas yaqin zamonda bir qishloq bo‘lgan ekan. U yerlarda qish faslida ham havo issiq bo‘lar ekan. Sovuq yo‘q, qor yo‘q, shuning uchun u yerga Qorbobo ham kelmas ekan. Bolalar sovuq qishda qor o‘ynashni, qorbobo yasashni juda xohlabdilar. Ular Qor- boboga elektron pochtadan xat yuboribdilar. Qorbobo bolalardan o‘z „e-mail“iga kelgan xat- larni o‘qib, ularga tog‘lardan, o‘rmonlardan ko‘p- ko‘p qor va sovuq yuboribdi. Bolalar bundan rosa xursand bo‘libdilar. Qor o‘ynab, chana uchibdilar. Qordan qorbobo yasabdilar. Hamma
murod-u maqsadiga yetibdi“, deb ertagini ta- momladi.
Ertasi kuni ustoz o‘quvchilar tomonidan yo- zilgan eng yaxshi ertaklarni o‘qib berdi. Sar- 95
Dilfuza Kamoljonova
dorning ertagiga ham alohida e'tibor qaratib, yaxshi so‘zlar aytdi. Sardor bu maqtovlardan quvonib o‘tirgan edi, partadosh do‘sti Shahzod:
Sardor, internetdan ko‘rdim, bugun qor yog‘ar ekan, - dedi quvonch bilan.
Zo‘r-ku! - dedi Sardor yanada sevinib. Bolalar maktabdan qaytayotganlarida osmon-
dan oppoq qor yog‘ardi.
Sardor maktabdan uyiga qanday kayfiyatda
; qaytdi?
Elektron maktubning mazmunini so‘zlab
bering. *
Yangi yil archasiga
Bo‘ylari shiftga yetgan, Igna bargli, ko‘k archa.
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o‘zgacha.
Yangi yil bayramida Qorboboni kutamiz.
Qop orqalab kelsa gar, Zavqqa to‘lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko‘rkam archa, ko‘k archa,
Bayramda bosh qahramon. Baland tog‘lar oshib kel, Uyimizda bo‘l mehmon.
1.
2.
Shoir archani qanday ta’riflagan?
She’rni yod
She’r mazmuniga mos rasm chizing.
oling.
Yozda ham qishda, Bir xil kiyimda.
Do'stlaringiz bilan baham: |