Yurtim jamoli
Dilshod Rajab
Yurtimizni aylandik,
Maqtovga so‘z sayladik:
Toshkent asli bosh shahar,
Bag‘ri nur – quyosh shahar.
Sirdaryo – Gulistonim,
Jizzax – bog‘-u bo‘stonim.
5
Maydonlarda mard kelgan,
Qashqadaryo, Surxonim.
Nuroniy Samarqandim
Yer yuzining sayqali.
G‘urur qo‘shar ko‘ksiga
Temur bobom haykali.
Ilm uyi Buxoro,
Har toshi hikmat, ma’no.
Xorazmning savlat-u
San’atiga tasanno.
Qoshi qora, qalbi oq,
Qadrdon qoraqalpoq.
Navoiy nomin olib,
Oltin berar bu tuproq.
Farg‘ona-yu Andijon,
Namangan – shohi gulim.
Nomin tilga olsang bas,
Ochilar bahr-u diling.
Nomi dilga darmonim –
Ulug‘ O‘zbekistonim.
She’rda nomlari qayd etilgan shaharlar
haqida nimalarni bilasiz?
She’rni yod oling.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |