2018 yilning dastlabki olti oyida Oʻzbekistonda 30 yoshgacha boʻlgan shaxslar oʻrtasida terrorizm yoʻnalishida qayd etilgan jinoyatlar soni 2017 yilning shu davriga nisbatan 65,7 foizdan ziyod pasaygan



Download 3,83 Mb.
Sana01.03.2023
Hajmi3,83 Mb.
#915515
Bog'liq
Ali

  • 2018 yilning dastlabki olti oyida Oʻzbekistonda 30 yoshgacha boʻlgan shaxslar oʻrtasida terrorizm yoʻnalishida qayd etilgan jinoyatlar soni 2017 yilning shu davriga nisbatan 65,7 foizdan ziyod pasaygan. Bu haqida poytaxtimizda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan “Terrorizmga qarshi kurash – chegara bilmas hamkorlik“ mavzusida tashkil etilgan oltinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya chogʻida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqot instituti direktori Vladimir Norov toʻxtalib oʻtdi

Uning aytishicha, bugungi kunda yoshlarning radikallashuvi eng xavfli va oʻtkir muammolardan biri hisoblanadi hamda mazkur holat dunyoning koʻplab davlatlarida ijtimoiy, madaniy va axloqiy masalalar kompleksi oʻz yechimini kutayotgan bir sharoitda yuzaga kelayotir.
Vladimir Norovning fikricha, yoshlar oʻrtasida radikal kayfiyatdagi shaxslar kuchayishining asosiy sababi jamiyatda shaxs maqomi va talabchanlik hissining yetishmovchiligi yoki umuman yoʻqligi bilan bogʻliq.
Binobarin, buzgʻunchi guruhlar “yoʻqotilgan” yosh avlod uchun oʻzgarishlar “agentlari”, “istiqbolli” imkoniyatlar hamda aniq bir maqsadga erishish usuliga aylanishga urinmoqda. Bu yoʻlda diniy, mafkuraviy va milliy vositalardan foydalanyapti.
  • Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, 300 minggga yaqin 18 yoshga yetmagan yosh avlod vakillari dunyodagi qator diniy-ekstremistik guruhlar tarkibidan joy olgan.

Jumladan, Bruklin instituti maʼlumotlariga koʻra, Twitter tarmogʻida “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan u yoki bu darajada bogʻlangan akkauntlar soni 90 mingtaga yetadi va har birida 1000dan ortiq oʻquvchisi bor. Ularga tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi oʻsmirlar va qizlardir.
  • 2016-2017 yillarda axborot xavfsizligi liniyasi boʻyicha olib borilgan ishlar natijasida terrorchilik va ekstremistik xarakterdagi 4 milliondan ziyod axborot materiallaridan tashkil topgan 100 mingta internet-resurs tarmoqdan oʻchirib tashlandi yoki faoliyatiga toʻsiq qoʻyildi.
  • V.Norov mamlakatimiz aholisining 60 foizi yoshlardan iborat ekanligi inobatga olinib, yosh fuqarolarga nisbatan maxsus siyosat ishlab chiqilgani hamda amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
  • “Ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi kurashish boʻyicha “oʻzbek modeli” koʻplab xorijlik mutaxassislar eʼtiborini oʻziga tortmoqda, — dedi u. — Xususan, odamlar, birinchi navbatda yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyat, diniy-axloqiy maʼrifatni yuksaltirish yoʻli bilan “tafakkur uchun kurash”ga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy reabilitatsiya, ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan va oʻz xatosini anglaganlarni normal hayotga qaytarish boʻyicha tizimli ishlar olib borilyapti.
  • Ekspertlar baholariga koʻra, Oʻzbekistonning ushbu siyosiy yoʻli musulmon olami uchun muhim va mutlaqo yangi yoʻnalish — “maʼrifatli islom” gʻoyasiga asos soladi”, - dedi Vladimir Norov.
  • Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida “Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zoʻravonlik gʻoyasi “virusi“ tarqalishining oldini olishdir” , - deya taʼkidlab oʻtgandi. Shu maʼnoda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatlarga BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etildi.

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish