―Машинасозлик‖ илмий хабарномаси
2018/№ 5(12)
Научнный вестник «Машиностроение»
15
Mashgulotni o‘tkazish tartibi:
talabalarni guruxlarga ajratish;
•
talaba mashgulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;
•
tarqatma materiallarni guruh a‘zolariga tarqatish.
•
guruh a‘zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi
vazifalar bajariladi;
•
har bir guruh a‘zosi o‘zi ishlagan tarqatma materialining o‘ng burchagiga guruh
raqamini yozadi, chap burchagiga esa o‘zining biron-bir belgisini chizib qo‘yadi;
•
vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga ―charxpalak aylanmasi‖
yo‘nalishida almashtiriladi;
•
yangi guruh a‘zolari tomonidan berilgan materiallar o‘rganiladi va o‘zgartirishlar
kiritiladi;
Bu topshiriq ham bajarilgandan so`ng, dars umumiy yakunlanadi va talabalar
baholanadilar. Darsga faol qatnashgan talabalar va guruhlar quyidagi nominatsiyalar bilan
taqdirlanadilar:
―Eng yaxshi ijodiy izlanish qilgan talaba‖;
―Eng yaxshi fikrlovchi talaba‖,
―Hamjihat guruh‖,
―Eng iste‘dodli guruh‖,
―Zukko guruh‖.
Uyga vazifa: Bugun o‘tilgan mavzuni o‘qib kelish; qo‘shimcha adabiyotlardan
foydalanib, yangiliklar topish, mavzuga oid so‘zlar qatnashgan krossvord tuzib kelish.
O‘qituvchi va talaba-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi
aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda talaba-talabalarning bilim saviyasi, guruh
xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish
uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film tarqatma material, chizma
va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va
talaba-talabaga bog‘liq.
Yangi pedagogik texnologiya jarayondir, bu jarayonni darslarda qo‘llash darslarni
amaliy mashq, mustaqil ishlash, guruhlash, tanlovlar, aqliy hujum, baxs-munozara va
boshqa usullarni mavzuga mos qilib talabalarga o‘rgatishimiz ular faolligini oshiradi.
Demak, dars tashkil qilishning eng maqbul usullaridan biri guruhlarga bo‘lib dars
o‘tishdir. Guruhlarga bo‘lishda albatta har bir guruhga a‘lochi talabalardan teng bo‘lishi
kerak. Bu hol esa o‘rtacha o‘qiydigan, erkin fikrlashni bilmaydigan talabani harakat
qilishga olib keladi va guruhga ijobiy ta‘sir uyg‘otishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: