2017 yilda notijorat tashkilotlarida jami pul tushumi 37067,0 mlrd. so'mni tashkil
etgan, shundan 76,9% byudjetdan, 8,7% mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)
sotishdan, 4,2% hukumatning maqsadli hamda byudjetdan tashqari mahsus fondlaridan,
2% a'zolik, kirish, ixtiyoriy badallar va hayr-ehson, boshqa beg’araz tushumlardan kelib
tushgan.
2-rasmdan ko'rinadiki, 2017 yilda faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlari
23749 tani tashkil etgan bo'lsa, shundan 2537 tasi Samarqand viloyatida, 2378 tasi
Farg’ona viloyatida, 2166 tasi Qashqadaryo viloyatida, 2027 tasi Toshkent viloyatida
joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: