50 ming kilometr quvvatiga teng optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Global Optical Communication Uzbekistan» («GOC-UZ») MChJ Qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Shunday qilib, respublikamiz nafaqat o‘z ehtiyojlarni qondirishga, ishlab chiqarayotgan mahsulotni eksport qilishga ham erishdi.
Yildan-yilga o‘sib kelayotgan telekommunikatsiya quvvatlari, o‘z navbatida, ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash quvvatlarni oshirishini ham talab qilmoqda. Shu maqsadda respublikamizda 5 petabayt sig‘imli ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi ishga tushirildi. Joriy yil yakuniga qadar 25 petabayt sig‘imiga ega qo‘shimcha data-markazlarni ishga tushirilishi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |