2016 Kon ishlari asoslari p65



Download 2,24 Mb.
bet52/80
Sana31.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#522216
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
kitob 2016 Kon ishlari asoslari

5.1-rasm. Foydaii qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish sxemasi:
a gorizontal yoki qiyaroq foydaii qazilmalarni qazish sxemasi; b o'ta qiya yoki tik joylashgan foydali qazilmalarni qazish sxemasi. 1 — kon ishlarining yil boshidagi holati; 2 — kon ishlarining yil oxiridagi holati; 3 — karyerning oxirgi chegarasi.



Karyerning muayyan chegaralari yillar davomida uzluksiz surilib, yangi holatni egallab boradi.
Bevosita foydali qazilmani qazib olish ishlari foydali qazilma yotqizig'i ustidagi qoplama jinslari qazib olingandan so'ng boshlanishi, karyerning barcha yo'nalishlari bo'yicha o'lchami katta bo'lishi tufayli unda yuqori unumdorlikka va o'lchamlarga ega bo'lgan uskunalarni qo'llash mumkinligi, qoplama jinslar va foydali qazilmani ekskavatorlar orqali qazib olish ochiq kon ishlarining asosiy belgilari hisoblanadi.
5.2. Kon jinslarining texnologik xossalari va ochiq usulda qazib olinadigan konlarning yotish sharoitlari
Tub kon jinslari (magmatik, metomorfik va cho'kindi jinslar) va ularni qoplab yotgan ustama jinslar kon qazish ishlarining obyektlari hisoblanadi. Bu jinslarning xossalari asosida ularni qazib oluvchi va qayta ishlovchi uskunalar tanlab olinadi. Kon jinslarining bo'shoqligi, yumshoqligi, pishiqligi, yarim qoyasimon, qoyasimon va ularning bo'lakdorligi kabi xossalari kon jinslarining asosiy xususiyatlaridir.
Kon jinslarining bo'shoqligi va yumshoqligi ularni massivdan dastlab maydalamasdan turli kon qazish mashinalari yordamida osonlik bilan ajratib olish mumkinligi bilan tavsiflanadi va ulardagi zarrachalarning o'zaro ilashish kuchi 0,03-0,05 mPa dan katta bo'lmaydi.
Pishiq jinslar (qattiq gil, bo'r, toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir) kon qazish mashinalari bilan, dastlab maydalamasdan jins massividan bevosita ajratib olinadi. Bu jinslar pog'ona balandligi 10-20 m qiyalik tekisligi burchagi 60-70° gacha bo'lganda pog'ona barqarorligini ta'minlaydi. Yarim qoyasi­mon jinslarni qazib olish portlatish asosida, dastlab maydalab, so'ng qazib olishni talab etadi.
Bu jinslarni nuragan magmatik, metomorfik, shuningdek, cho'kindi jinslar (gillangan slaneslar, qumtoshlar, gemotit rudalar, mergellar, arglitlar, alevrolitlar, toshko'mir va turli qo'ng'ir ko'mirlar) tashkil qiladi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish