2015 yil 20 noyabr kuni 9



Download 328,5 Kb.
Sana25.01.2017
Hajmi328,5 Kb.
#1062
E’LON !

2015 yil 20 noyabr kuni 900 da (2-13 o’quv auditoriyasi) “Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi, p.f.n. B.N.Nurillayev tomonidan ”Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 201, 202 guruhlarida “Lorens kuchi. Amper qonuni. Xoll Effekti. Plazma” mavzusida ochiq dars o’tkazadi. Qiziquvchi professor-o’qituvchilar va talabalarni taklif etamiz.

“Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT

PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi



Katta o’qituvchi, p.f.n. B.N.Nurillayevning ”Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 201, 202, 203 guruhlarida “Lorens kuchi. Amper qonuni. Xoll Effekti. Plazma” mavzusida o’tkazilgan ochiq darsi



MATERIALLARI

TOSHKENT - 2015

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT

PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

“Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi

katta o’qituvchisi, p.f.n. B.N.Nurillayevning

OCHIQ DARS ISHLANMASI
-Ma’ruza mashg’ulotini o’tkazilgan sana: 20 noyabr 2015 yil

-Vaqti: 09-00 1-juftlik, 1- smena

-Auditoriya: 2-13

-Talabalar soni: 45

-Mashg’ulotda ishtirok etganlar: 44

-Sababsiz ishtirok etmaganlar:1

-Ma’ruza mashg’ulotida ishtirok etganlar:

Profeccor, f.-m.f.d., K.Nasriddinov ________________

Dotsent O.Radjapova _________________________

Katta o’qituvchi M.Atayeva ______________________

O’qituvchi E.Xo‘janov __________________________

O’qituvchi H.Mingboyev_________________________

O’qituvchi I.Qurbonazarov _______________________

O’qituvchi SH.Boboyev _________________________



MA’RUZA MASHG’ULOTI JARAYONIDA QO’LLANILGAN

USLUBIY –TEXNOLOGIYALAR

1. Aqliy hujum.

2. Interfaol o’qitish sikli.

3. Axborot texnologiya vositalari

4. Kompyuter slaydlari
12-Mavzu: Lorens kuchi. Amper qonuni. Xoll effekti

12-1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 45 nafar

O’quv mashg’ulotining shakli

Ma’ruza - konferensiya

Ma’ruza mashg’ulotining rejasi


  1. Amper kuchi deb qanday kuchga aytiladi?

  2. Lorens kuchi deb nimaga aytiladi?

  3. Zaryadli zarrachaning elektr maydondagi harakati qanday bo‘ladi?

  4. Zaryadli zarrachaning magnit maydondagi harakati qanday tavsiflanadi?

  5. Lorens kuchi ish bajaradimi?

  6. Xoll effekti.

  7. Plazma (uyga)

O’quv mashg’ulotining maqsadi: ma’ruzada Lorens kuchi va magnit maydondagi zaryadli zarralarning harakati, bunday harakat tufayli Yerdagi va koinotdagi hodisalar, Zarralar sistemasiga ta’sir etuvchi kuch – Amper kuchi va Xoll effekti bayon etiladi.

Pedagogik vazifalar:

1.Lorens kuchi va uni nisbiylik nazariyasida asoslanishi.

2. Zaryadli zarraning birjisli magnit maydondagi harakati.

3. Zaryadli zarraning birjinsli bo’lmagan magnit maydondagi harakati. Magnit qopqon.

7. Amper qonuni.

8. Xoll effekti.

9. Plazma (uyga)


O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


*Talaba Lorens kuchini nimalarga bog’liqligini, tezlikka tik yo’nalishi haqida ma’lumotga ega bo’ladi.

* Zaryadli zarraning birjinsli va birjinsli bo’lmagan maydonlardagi harakatini o’rganadi. Bunda saqlanuvchi fizik miqdorlarni, zarrani magnit maydonni kuchli sohasidan akslanish hodisasini o’zlashtiradi.

* Lorens kuchidan Amper qonuni keltirib chiqariladi.

* Xoll effektini mazmuni va qo’llanishi bilan tanishadi.

*Plazma to‘g‘risida qisqacha ma’lumot oladi va uni uyda lavom ettiradi.


O’qitish uslubi va texnikasi

texnikasi Ma’ruza - konferensiya, muammoli ma’ruza, aqliy hujum, munozara, taqdimot

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, Proyektor, grafik organayzerlar – O’TV/ k T

O’qitish shakli

Frontal, individual, guruh bilan ishlash,

O’qitish shart-sharoiti

Namunadagi auditoriya

12-2. Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

talaba

1-bosqich.

kirish


(10 min.)


1.1. Mavzu, uning maqsadi va o’quv mashg’ulotidan ko’zlangan natijalarni e’lon qiladi. Mashg’ulot ma’ruza konferensiya-munozara tarzida o’tishini e’lon qiladi:

1) mazkur mashg’ulotda hal etiladigan ma’ruza mavzularini taklif etadi (ilova).

2) ularning o’quv fanini o’zlashtirishdagi ahamiyatini, shuningdek, bo’lajak mutaxasislikni egallashdagi muhimligini tushuntiradi.

3) ma’ruzaga tayyorgarlik ko’rish uchun

adabiyotlar, jurnallarga yo’naltiradi.

4) barcha talabalarga ma’ruza matni bo’yicha ma’ruzachilarga savol tayyorlashlari aytiladi

5) Zarur holatlarda savollar tuzadi.


1.1. Ma’ruzaga tayyorgarlik ko’radilar.

Ma’ruzachilar prezentasiya tayyorlashlari va referat bo’yicha reja tuzishlari mumkin.

Baholash mezonlari bilan tanishadi.


2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)


2.1. Ma’ruza va axborotlar yuzasidan chiqishlarni tashkil etadi:

-mavzu mazmunining yoritilishida mantiqiylikka e’tibor beradi;

-bayon qilinayotgan materialni muhokama qilish, zarurati tug’ilganda, ma’ruzachini to’xtatib, jamoaviy munozaraga imkon yaratadi.

2.2. Ma’ruzaning jamoaviy tarzdagi muhokamasini tashkil etadi. Boshlovchi bilan birga:

-savollar beradi;

-asosiy ko’rsatmalarni aniqlashtiradi;

-dokladga yangiliklar, statistik materialga e’tibor qaratishni so’raydi.


2.1. Ishtirokchilar

ma’ruzalarini o’qib,

eshitiradilar yoki og’zaki bayon qiladilar.

2.2. Ishtirokchilar

kollektiv tarzda

mashg’ulotni muhokama

qiladilar.

2.3. Ekspertlar har bir mavzu bo’yicha munozara

natijalarini baholaydi.


3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)


3.1. Barcha ishtirokchilarning faoliyatini

umumlashtirib, mashg’ulotni yakunlaydi.

3.2. Ma’ruza – konferensiyadagi dokladchi, taqrizchi va opponentlarning faolligini baholaydi.

3.3. Olingan bilim va ilmiy izlanish

ko’nikmalarining kelajakdagi faoliyatda

ahamiyatini ta’kidlaydi.

3.5. Mustaqil ish uchun vazifa beradi.


3.1. Ekspertlar:

1) ma’ruzachi taqrizchi,

opponetlarni

tayyorgarligini

belgilaydi;

2) baholash natijalarini e’lon qiladi.



3.2. Eshitadilar, yozadilar.

Vizual materiallar

12.1-ilova.

Mavzu: Lorens kuchi. Amper qonuni. Xoll effekti

Reja:


  1. Amper kuchi deb qanday kuchga aytiladi?

  2. Lorens kuchi deb nimaga aytiladi?

  3. Zaryadli zarrachaning elektr maydondagi harakati qanday bo‘ladi?

  4. Zaryadli zarrachaning magnit maydondagi harakati qanday tavsiflanadi?

  5. Lorens kuchi ish bajaradimi?

  6. Xoll effekti.

  7. Plazma (uyga)

Darsning maqsadi: ma’ruzada Lorens kuchi va magnit maydondagi zaryadli zarralarning harakati, bunday harakat tufayli Yerdagi va koinotdagi hodisalar, Zarralar sistemasiga ta’sir etuvchi kuch – Amper kuchi va Xoll effekti bayon etiladi.

O’quv faoliyatining natijalari:

1.

Talaba Lorens kuchini nimalarga bog’liqligini, tezlikka tik yo’nalishi haqida ma’lumotga ega bo’ladi.

2.

Zaryadli zarraning birjinsli va birjinsli bo’lmagan maydonlardagi harakatini o’rganadi. Bunda saqlanuvchi fizik miqdorlarni, zarrani magnit maydonni kuchli sohasidan akslanish hodisasini o’zlashtiradi.

5.

Amper kuchidan Lorens kuchi keltirib chiqariladi

6.

Xoll effektining mazmuni va qo’llanish sohasii bilan tanishadi.

12.2-ilova.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. S. Orifjonov. Elektromagnetizm. Toshkent. 2011.

  2. A.Detlaf, B.Yavorskiy. Kurs fiziki. 2 tom. Moskva.

  3. http://physicsleti.narod.ru/fiz

  4. http://fizportal.ru/physics/task

Darsning mazmuni:

1. Magnit maydon tomonidan tokli o‘tkazgichga ta’sir qiladigan kuch Amper kuchi deb ataladi (16-slayd). O‘zidan I tok o‘tkazayotgan o‘tkazgichning dl elementiga ta’sir qiluvchi kuch vektorlarning ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional (1) yoki (2) (3) (4) (5) (6)

1) agar yoki bo‘lsa (7), ya’ni tokli o‘tkazgichga Amper kuchi ta’sir etmaydi;

2) agar bo‘lsa (8), ya’ni tokli o‘tkazgichga ta’sir etadigan Amper kuchi eng katta bo‘ladi;

Amper kuchining yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi (17, 18 - slaydlar). Magnit maydon induksiyasi chap qo‘lning kaftiga tik yo‘nalgan, tokning harakat yo‘nalishi ko‘rsatkich barmoq yo‘nalishida bo‘lsa, tokli o‘tkazgichga ta’sir qiluvchi Amper kuchi bosh barmoq yo‘nalishida bo‘ladi.



1-rasm. Chap qo'l qoidasi



2. Magnit maydonda harakatlanuvchi bitta zaryadlangan zarrachaga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuch Lorens kuchi deb ataladi (19 - slayd).

Amper kuchi (9) (10) (11) (12) (13) (14) (15) (15) ifoda Lorens kuchi deb ataladi, uning son qiymati (16) formula bilan aniqlanadi. Bu erda (17) tezlik va magnit induksiya vektorlari yo‘nalishlari orasidagi burchak.



Lorens kuchining yo‘nalishi CHap qo‘l qoidasi bilan aniqlanadi: Magnit maydon induksiyasi chap qo‘lning kaftiga tik yo‘nalgan, zaryadning harakat yo‘nalishi ko‘rsatkich barmoq yo‘nalishida bo‘lsa, zaryadga ta’sir qiluvchi Lorens kuchi bosh barmoq yo‘nalishida bo‘ladi (20 - slayd).

3. Harakatlanuvchi zaryadga elektr maydon tomonidan kuch ta’sir qiladi. Bu kuch zaryadga tezlanish beradi yoki uning yo‘nalishini o‘zgartiradi. Elektr maydonning zaryadga tezlanish berishidan elektron lampalarda, elektron nurli trubkalarda, tezlatkichlarda va hokazolarda foydalaniladi.

4. Zaryadli zarraning magnit maydondagi harakatini tavsiflab ko‘raylik. Lorens kuchining qiymati , bo‘lganda, tezlik va magnit induksiya vektorlari yo‘nalishlari orasidagi burchakka bog‘li ravishda dan gacha qiymatlarga ega bo‘ladi. yoki bo‘lganda zarracha o‘z inersiyasi bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qiladi.



Agar zarracha bir jinsli magnit maydonga magnit induksiya chiziqlariga perpendikulyar () ravishda kirib kelsa, u aylana bo‘ylab harakatlana boshlaydi (21 - slayd).

Ushbu holda Lorens kuchi eng katta (18) bo‘ladi va zaryadga markazga intilma tezlanish beradi: (19). Bu ifodadan egri chiziqli traektoriya radiusini topish mumkin. Agar , , bo‘lsa, traektoriya aylanadan iborat bo‘ladi. Zaryadli zarrachaning aylana bo‘ylab aylanish davri: (20). Aylanish chastotasi esa (21) Bu erda solishtirma zaryad deb ataladi.



Agar zarracha bir jinsli magnit maydonga () magnit induksiya chiziqlariga burchak ostida () kirib kelsa, u magnit induksiya chiziqlarini qamrab oluvchi spiralsimon traektoriya bo‘ylab harakatlana boshlaydi (21 - slayd).

Zaryadning harakat tezligi vektorini perpendikulyar va parallel tashkil etuvchilarga ajratamiz: , (22). Perpendikulyar tashkil etuvchi zaryadning harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi (23), parallel tashkil etuvchi esa zaryadni p qadam bilan spiralsimon harakatlanishga majbur qiladi (24).



Agar zarracha bir jinsli bo‘lmagan magnit maydonga kirib kelsa, murakkablashgan spiral-simon traektoriya bo‘ylab harakatlana boshlaydi (22- slayd).

Magnit maydon fazoda asta-sekin o‘zgaruvchi bo‘lsin. Asta-sekin deganining ma’nosi – zarra trayektoriyasining bir halqasining o‘lchamlarida maydonning farqi juda kichik bo‘lsin. Notekis maydon kuch chiziqlari parallel bo‘lmay, bir-biriga yaqinlashib (yoki uzoqlashib) boruvchi chiziqlardan iborat bo‘ladi. Magnit kuch chiziqlarining bir-biriga yaqinlashuvi – maydon induksiyasining oshishini bildiradi. Bunday maydonda harakatlanuvchi zaryadli zarra spiralsimon trayektoriyaga ega bo‘lsada, bu spiralning radiusi maydonga mos ravishda o‘zgarib boradi: maydon kuchli bo‘lgan sohaga borgan sari aylanish radiusi kichrayadi, aylanish chastotasi esa oshib boradi.

Umumiy holda Lorens kuchi harakatlanuvchi zaryadga elektr va magnit maydonlar tomonidan ta’sir etuvchi kuchlar yig‘indisiga teng



(25)

  1. Lorens kuchi zaryadning harakat tezligi yo‘nalishiga perpendikulyar yo‘nalganligi uchun ish bajarmaydi. Kinetik energiya to‘g‘risidagi teoremaga muvofiq Lorens kuchi zarrachaning kinetik energiyasini, shuningdek uning tezligi modulini o‘zgartirmaydi. Bu kuch ta’sirida zarrachaning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi.

  2. Xoll effekti va uning qo‘llanishi: Tokli o‘tkazgich magnit mydonga kiritilsa, tokni tashuvchi haraktdagi zaryadlarga Lorens kuchi ta’sir etadi. Buning oqibatini batafsil o‘rganish uchun o‘tkazgich muntazam (parallelopipid) shaklga ega deb hisoblaylik (24.1-rasm).

O‘tkazuvchanlik zarralarining tartibli harakat tezligi bo‘lsin. Magnit maydon induksiyasi o‘tkazgichning yon sirtlaridan biriga tik va etarlicha kichik bo‘lsin. Maydonni kichikligi shunday bo‘lishi kerakki, o‘tkazgichda zarralarning aylanma harakati kuzatilmasin. Zarraga ta’sir etuvchi Lorens kuchi o‘tkazgichning magnit maydonga parallel joylashagan yon sirtlarida (rasmda yuqorigi sirtda) erkin zaryadlarni ortishiga, qarshi sirtda ularning kamomadi vujudga kelishiga olib keladi. Zaryadlarning bunday qayta taqsimotidan vujudga kelgan qo‘shimcha elektr maydon ta’siri Lorens kuchiga tenglashgach to‘xtaydi:

. (24.1)

O‘tkazgichning ko‘ndalang yo‘nalishdagi o‘lchami (magnit maydonga tik va maydon bo‘ylab) bo‘lsa, o‘tkazgichning ko‘ndalang yo‘nalishida kuchlanish vujudga keladi (Xoll kuchlanishi) va uni tajribada o‘lchash mumkin.

Bu hodisa E.Xoll tarafidan 1879 yili kashf etilgan va uning ismi bilan ataladi.

Xoll kuchlanishining ishorasi o‘tkazuvchanlik zaryadlarini ishorasi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ishorani tajribada aniqlash imkonini beradi. Tajriba metallardan boshqa o‘tkazgichlar bilan o‘tkazilganda (yarimo‘tkazgichlar, eritmalar, gazlar), bu ham o‘tkazgich haqida muhim ma’lumotdir. Bundan tashqari Xoll kuchlanishigi qarab zarralarining o‘rtacha tartibli harakat tezligini aniqlash mumkin, bu esa mikroskopik ma’lumotdir.

Tezlikni tok zichligi orqali ifodalaylik: , unda . (24.2)

Bu yerdagi - Xoll koeffitsienti deb ataladi. Xoll effekti bo‘yicha tajriba qo‘yilib, o‘lchansa, o‘tkazuvchanlik zaryadlarining kontsentratsiyasi aniqlanar ekan. Shuning uchun Xoll effekti yangi materiallar bilan, yarimo‘tkazgichlar bilan ishlovchi olimlarning muhim ilmiy quroliga aylangan. Tajribada qo‘llanuvchi material Xoll koeffitsienti va magnit induksiya ma’lum bo‘lsa Xoll kuchlanishiga ko‘ra tok kuchini aniqlash mumkin. Aksinsa tok kuchi ma’lum bo‘lsa, unga ko‘ra magnit maydonni o‘lchash mumkin.



Fizikada Xollning kvant effekti ham ochilgan. Uning xossalari moddaning kvant xossalari bilan tushuntiriladi va bu hodisani kuzatilishi ham oson emas. kvant Xoll effekti atom fizikasida o‘rganiladi.




Download 328,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish