2014 yil, 30 avgust, soat 19. 30 Avesto majmuasi



Download 18,07 Kb.
Sana05.04.2017
Hajmi18,07 Kb.
#6099
2014 yil, 30 avgust, soat 19.30 Avesto majmuasi

- Assalomu alaykum, hurmatli eldoshlar!

- Qadrli mehmonlar!

Barchangizni “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida nishonlanayotgan eng ulug‘ va eng aziz bayram - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Hammangizga sog‘liq – salomatlik, oilalaringizga tinchlik, faoliyatlari-ngizda doimo muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Aziz do‘stlar!

Agar razm solib qaralsa insoniyat-ning butun tarixi xalqlarning ozod-lik, mustaqil davlat tuzish va xalqaro hamjamiyatda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘lish uchun kurashidan iborat ekanli-gini ko‘rish mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerak-ki, hech qaysi millatga hurriyat osongina, o‘z – o‘zidan kelmagan. Erkinlik ularga tahlikali vaziyatlarda eng to‘g‘ri yo‘lni tanlay bilish, kuchlar teng bo‘lmagan sharoitlarda ham metin iroda va matonat hisobiga nasib etgan. Bu yo‘lda, shubhasiz, muvaffaqiyat va mag‘lubiyat-lar, yutuq va yo‘qotishlar ham bo‘lgan. Xalqlarning asl farzandlari ozodlik uchun o‘z jonlarini qurbon ham qilganlar.

Erkinlikning bahosi ana shunday, hech qanday o‘lchov va me’yorlarga sig‘may-digan darajada ulkandir. Shuning uchun ham ozodlik yo‘lida o‘z jonlarini qurbon qilgan qahramonlarning jasoratlari afsonalar, rivoyatlarga aylangan.

Shiroq va To‘maris, Shayx Najmiddin Kubro va Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va sohibqiron Amir Temurlarning xavf xatarga to‘la hayoti, qattol dushmanlar bilan janggohlarda kechgan tengsiz olishuvlari haqidagi hikoyalar haliga-cha avlodlarni hayajonga soladi.

Hurmatli anjuman qatnashchilari!

Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov “Xalq – o‘zining ming yillik an’ana va tajribalari, so‘nmas xotirasi va buyuk tuyg‘ulari bilan yashab kelayotgan qudratli kuchdir”, degan edilar.

Darhaqiqat, qadimiy qo‘lyozmalar, uzoq yillar olib borilgan arxeologik izlanishlar miloddan avvalgi IV - III asrlardayoq o‘zbek zaminida, xususan Xorazm vohasida Kaltaminor madaniya-ti deb nomlangan tsivilizatsiya mavjud bo‘lganligi ko‘rsatadi.

Yurtboshimiz shu yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari-ning tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konfe-rentsiyada so‘zlagan nutqlarida “Sharq olamida, xususan Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bo‘lgani haqida qadimgi baqtriya, so‘g‘d, o‘rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy san’at asarlari va arxitektura namunalari dalolat beradi”, deb ta’kidlagan edi.

Xorazmda Ma’mun Akademiyasi , Samarqandda Mirzo Ulug‘bek atrofida shakllangan allomalar maktabi va dunyoning boshqa nufuzli ilmiy markazlarda samarali mehnat qilgan buyuk ajdodlarimiz insoniyat ilm – fani rivojiga beqiyos katta hissa qo‘shdilar. Bugungi taraqqiyot ma’lum ma’noda buyuk bobolarimizning ilmiy va amaliy kashfiyotlari bilan bevosita bog‘liqdir.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi”.

Darhaqiqat, Muhammad al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn – Sino, Mahmud az-Zamahshariy, Al Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchilarning kashfiyotlarisiz dunyo ilm – fani to‘liq bo‘lmagan bo‘lar edi.

Shuning uchun farzandlarimiz “Kim edigu, kim bo‘ldik?” degan savolga boshlarini baland ko‘tarib, “Biz shonli tarix, ulkan madaniyat, buyuk bobolarning vorislarimiz va bizga hozir ham dunyo havas bilan qaramoqda!” deb baralla ayta oladilar.

Chunki nafaqat tariximiz, bebaho ilmiy va madaniy merosimiz, balki ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy sohalarda bugun biz olib borayotgan islohotlar ham e’tirof etilib jahon hamjamiyati tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Bu bejiz emas, albatta.

Chunki O‘zbekiston o‘tgan asrning oxirlarida “aholining hayot darajasi bo‘yicha sobiq Ittifoqda eng keyingi o‘rinlardan birini egallagan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan qoloq agrar respublika edi. Bugun esa u sanoati tez sur’atlar bilan o‘sib, iqtisodiy qudrati va salohiyati tobora yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylandi”.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti to‘rt barobar, aholining real daromadlari sakkiz karra oshdi. Keyingi 9 yil davomida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi muttasil ravishda 8 foizdan yuqori bo‘lmoqda. Bunday sur’atlar dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlarning ham havasini keltirmoqda.

Iqtisodiyotimiz mustahkamlangani sari yanada ko‘proq qurilish va obodon-lashtirish ishlarini olib borish, xalq xo‘jaligining turli sohalariga zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish imkoni tug‘ilmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “yurtimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan yilga ko‘rkamlashib, obodonlashmoqda. Qishloq joylarida munosib turmush sharoitlarini yaratish uchun namunaviy loyihalar asosida uy – joylar va infratuzilma tarmoqlari barpo etilmoqda”.

Bu yo‘nalishda viloyatimizda 2009 yildan beri 116 massivda namunaviy loyihalar asosida uch yarim mingta turar joy binolari qurildi. Yangidan qad rostlagan qishloqlarda internet tarmoqlaridan tortib zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlari, bank va savdo shaxobchalari, bolalar sport maydonchalari, aholi uchun oromgohlargacha mavjud. Bu erda yaratilgan sharoitlar shaharnikidan hech bir jihatidan qolishmaydi.

Bugun ko‘lamdor qurilishlar tuman markazlari va shaharlarimizda davom etmoqda. Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida Urganch shahrida amalga oshirilayotgan ishlar buning yaqqol tasdig‘idir. Xorazmliklar ushbu ulkan hajmdagi qurilish va ko‘kalamzorlash-tirish ishlari, Shovot kanalining ikki qirg‘og‘idagi obodonlashtirish tadbir-lari uchun Yurtboshimizga rahmatlar aytmoqdalar!

Shuningdek, viloyatimizning sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar ham o‘z natijalarini bermoqda.

2014 yil boshidan Xazoraspda “Damas” hamda “Shevrolet Orlando” rusumli engil avtomobillar, Urganchda zamonaviy ekskavatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari joylarda birin – ketin to‘qimachilik, tikuvchilik, oziq – ovqat sanoati korxonalari ish boshlamoqda.

Shular hisobiga viloyatimizda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2014 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 150 foizni tashkil etdi. Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmlari ikki barobarga oshganligi ham Xorazmda iqtisodiy islohotlar naqadar samarali kechayotganligidan darak beradi.

Qadrli hamyurtlar!

Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimizning iqtisodiy salohiya-tini yuksaltirish, islohotlarni muvaf-faqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun bir guruh yurtdosh-larimiz Vatanimizning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor bo‘ldilar. Ularning orasida viloyati-miz vakillari ham bor. Bugun mukofot-langan xorazmliklarni samimiy tabriklaymiz va ularga bundan keyingi faoliyatlarida ham yutuqlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Hurmatli eldoshlar!

O‘zbekistonning barqaror sur’atlar bilan o‘sib, qo‘lga kiritayotgan yutuq-larimizni butun dunyo tan olayotgani, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzi kundan – kun o‘sib borayotgani yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osayishtalik mevasidir. Bularning bari O‘zbekiston tanlagan yo‘lning har tomonlama to‘g‘ri va hayotiy ekanligi, eng asosiysi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov tomonidan olib borilayotgan odilona ichki va tashqi siyosatning natijasidir.

Buni biz juda yaxshi bilamiz va qadrlaymiz.

Zero, tinchlik dunyodagi eng oliy ne’matdir.

Shuning uchun yon – atrofimizda turli xavf – xatarlar kuchayib borayot-gan bir sharoitda eng katta boyligimiz bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrash, millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr – oqibat muhitini yanada mustahkamlash har birimizning muqaddas vazifamizdir.

Tinchlik bo‘lmagan erda taraqqiyot ham, rivojlanish ham, erkin mehnat ham bo‘lmaydi.

Shuning uchun xalqimizni tinchlik va osoyishtalik hech qachon tark etmasin!

Aziz eldoshlar!

Yana bir marta hammangizni eng ulug‘ va eng aziz bayram - mustaqilligimiz-ning 23 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yurt ravnag‘i, Vatan taraqqiyoti, “Sog‘lom bola yili”da farzandlar kamoli va ertangi buyuk kelajak yo‘lida qilayotgan samarali mehnatlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Mustaqilligimiz dunyo turguncha tursin!



Rahmat!
Katalog: docs -> rasmiy maruzalar
rasmiy maruzalar -> Xotira va qadrlash kuni
docs -> Assalomu alaykum Hurmatli Yig‘ilish qatnashchilari
docs -> Archives of the International Secretariat of Amnesty International
rasmiy maruzalar -> Xorazm viloyati hokimi P. R. Bobojonovning “Uzxcmg” mchj qo‘shma korxonasida ilk tayyor mahsulot chiqishiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiridagi so‘zi
rasmiy maruzalar -> Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, hurmatli anjuman qatnashchilari!
rasmiy maruzalar -> 17 iyun, 2014 yil. Urganch shahri Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, ukajonlar!
rasmiy maruzalar -> Xuzhou Construction Machinery Group C., Ltd
rasmiy maruzalar -> 2014 yil, 1 sentyabr Urganch shahri
rasmiy maruzalar -> Xorazm viloyati hokimi p. R. Bobojonovning 14 yanvar – vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan tantanali yig‘ilishdagi tabrik nutqi
rasmiy maruzalar -> Xorazm viloyati hokimi p. Bobojonovning harbiy xizmatga kuzatuv tadbiridagi nutqi

Download 18,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti