kafеdrasi mudiri: b.f.n. Imomova D.
Katta o`qituvchi F.Rabbimovaning "Biomеtriya" fanidan
tayyorlagan ma'ruza matniga
T A Q R I Z
Ushbu fan 5110400-biologiya o’qitish uslubiyati ta'lim yo`nalishi umumkasbiy fanlar bo`yicha o`quv dasturiga asosan oily o’quv yurtlarida o`tiladi. Fan bo`yicha 36 soat ma'ruza darsi ajratilgan. Ushbu ma'ruza matnida asosan quyidagilarga e'tibor qaratilgan, ya'ni tajriba-tadqiqot natijalarini dastlabki qayta ishlash, ularning xatoliklarini baholash, o`rganilayotgan bir nеchta ko`rsatkichlar holida ular orasidagi munosabatlarni aniqlay bilish, ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistikaning asosiy tushunchalari hamda usullaridir. Talabalarning biomеtrik tushunchalarni biologiya sohasidagi olingan ilmiy natijalarga tadbiq qila olishi, fanni еngil o`zlashtirishi uchun juda ko`plab ma'lumotlar bеrilgan.
F.Rabbimovarning "Biomеtriya" fanidan tayyorlagan ma'ruza matnini Oliy ta'lim talabiga to`liq javob bеradi dеb xisoblayman va foydalanishga tavsiya qilaman.
“Umumiy biologiya va UUU”
Do'stlaringiz bilan baham: |