Yevripid, Evripid (Euripides), (taxminan mil. av. 480, Afina — mil. av. 406, Makedoniya) — yunon shoiri, dramaturg . Ijodini sheʼriyatdan boshlagan. Afinalik uch bukj fojianavis (Esxil, Sofokl)ning soʻnggisi. Jami 92 pyesa yozgan, shundan 17 fojia va bir hajviy dramasi bizgacha yetib kelgan ("Kiklop"). Ular mifologik syujet asosida yaratilgan boʻlsada, inson shaxsi asosiy oʻrinda turadi. Ye. ijodi Afina davlat-shahar sifatida tanazzulga uchragan va axloqiy meʼyorlar inqirozi yuz bergan yillarda shakllangan boʻlib, mifologiya, axloqiy va anʼanaviy tartiblarga tanqidiy munosabati bilan ajralib turadi. Afinada oʻsha davrda yuz bergan ijtimoiy oʻzgarishlar Ye.ning inson shaxsiyati, uning ichki dunyosiga qiziqishi kuchayishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |