Aristofan (Aristophanes) (taxminan miloddan avvalgi 445 – 385) – yunon shoiri, "ko-mediya otasi". A. nazari davrning dol-zarb muammolariga qaratilgan bo‘lib, ijodida yorqin namoyon bo‘ladi va o‘sha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini o‘ziga rom etgan radikallar aqidasiga ("Chavandozlar"), sofistlarning individual falsafasiga ("Bulut") ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikka-lasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini ko‘ra oldi. A. komediyalarida muhim voqealarga muno-sabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi ("Lisistrata"), Hayotiy shaxslarni kamsitish ("Bulut"da – So-kratni), fantastik vaziyatlar ("Ahariyanlar", "Qushlar") ham A. ijodiga mavzu bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |