Terrochilar
O’n to’qqiz nafar jangarilar to’rtta samolyotning bortiga ko’tarildilar: 11 Amerikan Airlines, 175 United Airlines hamda 77 Amerikan Airlines reyslariga beshtadan va 93 United Airlines reysiga to’rt nafar jangari yo’lovchi sifatida kirib oldi. Ularning o’n besh nafari asli Saudiya Arabistonidan, ikki nafari Birlashgan Arab Amirliklaridan, bittasi Misrdan va yana bittasi Livandan bo’lgan. Jangarilarning olti nafari teraktning asosiy tashkilotchilaridan bo’lib, ularning to’rt nafari uchuvchi bo’lgan. Qolgan o’n uch nafar jangari esa guruhning oddiy a’zosi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |