200-sonli buyruq. XODIMLARNI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 29-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2387]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) qonunlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 28-dekabrdagi 44-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387-2, 07.01.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 1-son, 11-modda)
1. Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-son “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-iyul,
200-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son buyrug‘iga
ILOVA
Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) qonunlariga asosan tashkilotlarda xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan (bundan buyon matnda vaqti-vaqti bilan deb yuritiladi) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 28-dekabrdagi 44-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387-2, 07.01.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 1-son, 11-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |