200-sonli buyruq. Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Download 21,53 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2022
Hajmi21,53 Kb.
#489192
1   2
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan lavozimlarga ega bo‘lgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom talablari boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan xodimlar toifasi uchun qo‘llanilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3. Tibbiy ko‘riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga asosan ish beruvchi ushbu Kodeksga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarni, shu jumladan mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan ro‘yxatlarda nazarda tutilgan ishlardagi xodimlarni tegishli ravishda mehnat shartnomasi tuzish vaqtida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.
5. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘riklar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli klinikalarida ham o‘tkazilishi mumkin.
6. Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘riklar ish davomida o‘tkaziladi.
7. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
II bob. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazish
8. Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari (bundan buyon matnda hududiy DSENM deb yuritiladi) va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1-dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim bo‘yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzishi lozim.
9. Ish beruvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim kontingentidan kelib chiqib hududiy DSENM va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzadi va tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga taqdim etadi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatida tashkilot nomi, xodimning kasbi, u ishlayotgan sex yoki boshqa bo‘linma nomi, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari hamda xodimning ushbu omillar ta’siridagi ish staji ko‘rsatiladi.
10. Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari tomonidan hududiy DSENM bilan kelishilgan holda mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning kalendar rejasi tuziladi.
11. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega.
12. Dastlabki tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlar tashkilot tomonidan tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etilgan yo‘llanma asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati bilan kelishi lozim.
13. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish uchun tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tibbiy komissiya tashkil etiladi.
Tibbiy komissiya tarkibi vrach-terapevt, nevropatolog, oftalmolog, dermatovenerolog, otolaringolog, psixiatr, akusher-ginekolog va jarroh hamda boshqa mutaxassislardan iborat bo‘lib, ularning tibbiy komissiya tarkibiga kiritilishi vrach-terapevt tomonidan mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida belgilangan talablardan kelib chiqib hal etiladi.
Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan tibbiy komissiyaning raisi profpatologiya yoki kasb kasalliklari bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan vrach bo‘lishi lozim.
14. Ayollar yilda kamida bir marta akusher-ginekolog ko‘rigidan o‘tishi lozim.
15. Allergen moddalar ta’siriga duchor bo‘luvchi shaxslar terapevt, otolaringolog, dermatovenerolog ko‘rigidan o‘tishi hamda ular qonining klinik tahlili o‘tkazilishi lozim.
16. Xodimlar dastlabki tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishda dermatovenerolog ko‘rigidan majburiy ravishda o‘tkaziladi, vaqti-vaqti bilan dermatovenerolog tibbiy ko‘rigidan o‘tishda esa, vrach-terapevtning ko‘rsatmasi bo‘lgandagina o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi xodimlarda psixik kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirishda xodimlarning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrach-psixiatri tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman vrach-psixiatri bo‘lmagan taqdirda psixiatrik tekshirish tumanlararo yoki viloyat (shahar, respublika) psixonevrologiya dispanserining vrach-psixiatrlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar xodim psixik kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida tursa, unga bu haqda belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Agar xodim psixik kasalliklar bo‘yicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, unga vrach-psixiatrning imzosi qo‘yilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
Ma’lumotnomalar ushbu davolash-profilaktika muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
17. Yuqumli yoki parazitar kasallik tashxisini aniqlash uchun vrach-infeksionist yoki boshqa mutaxassislar jalb etiladi.
18. Tibbiy komissiya tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda xodimning kasbiy faoliyati xususiyatlari, tegishli kasb va mutaxassislik hamda mehnat sharoitlari bilan to‘liq tanishib chiqishi lozim.
Tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi vrach va mutaxassislar ishlab chiqarish sohasining xususiyatlari va xodimlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan kasbiy patologiyani chuqur bilishlari shart.
19. Tibbiy komissiya tomonidan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularning kasbiy faoliyat yo‘nalishiga oid ma’lumotlarni qayd etish maqsadida har bir xodimga ambulator tibbiy karta (025-u shakli) yuritiladi. Ambulator tibbiy kartada tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda ishtirok etgan har bir vrach va mutaxassislarning xodimning kasbga yaroqlilik to‘g‘risidagi xulosalari ko‘rsatilishi kerak.
20. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan xodimning ish joyi o‘zgargan taqdirda, xodimni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan davolash-profilaktika muassasasi tomonidan uning ambulator tibbiy kartasi (025-u shakli) xodimning yangi ish joyiga tibbiyot xizmatini ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasasiga, agar u bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi.
21. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan xavfli, zararli moddalar, noqulay omillar ta’siri bilan bog‘liq ishlarga qo‘yish uchun qarshilik ko‘rsatuvchi umumiy tibbiy moneliklar inobatga olinishi lozim.
22. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan xodimning kasbga yaroqlilik masalasi bo‘yicha tibbiy komissiya mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida belgilangan talablarni hisobga olgan holda o‘zining xulosasini beradi.
Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra xodim xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ostida ishlashga yaroqsiz deb topilganda, unga bu to‘g‘risida tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi beriladi va ushbu xulosaning nusxasi uch kunlik muddat ichida xodim ishlaydigan tashkilotga yuboriladi.
23. Tibbiy komissiya tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra xodimga quyidagi davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlari rejalashtirilishi lozim:
Download 21,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish