BI 219 kursant Urinov A
Fan:Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (№20)
20. Қўшилган қиймат солиғининг солиқ тўловчиси
Javob:
Yangi tahrirdagi soliq kodeksining 7- bo’lim Qo’shilgan qiymat solig’i deb nomlanadi va uning 35- bobi Soliq to’lovchilar va soliq solish ob’yekti deb nomlanadi. Soliq kodeksining 197- moddasiga asosan qo’shilgan qiymat solig’ini to’kovchilarga quyidagilar kiradi:
1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo’lgan yuridik shaxslar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa
2) ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno;
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan sherik— yuridik shaxs.
Soliq kodeksining 197-moddasiga asosan notijorat tashkilotlari hamda yalpi tushumi 1 milliard so‘mga yetmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar QQS to‘lovchilari hisoblanmaydi.
Quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar hisoblanmaydi:
notijorat tashkilotlar. Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotini hamda ushbu Kodeks 199-moddasi birinchi qismining 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan oborotlarni amalga oshirganda notijorat tashkilotlar ushbu oborotlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddada ko‘rsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi;
agar ushbu Kodeksning XX bo’limida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi mumkin.
Alohida toifadagi soliq to‘lovchilar uchun, aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchilar bundan mustasno, ushbu Kodeksninng 40- bobida belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrga belgilanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod tovarlar– Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan dori vositalari, bosma mahsulotlari, o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlar pochta markalari va boshqa tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi «Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 1065-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan quyidagi tovarlarning realizatsiyasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi: go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek, hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularni so‘yish mahsulotlari, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch (barcha navlari), shakar (shu jumladan, import qilingan), non mahsulotlari.
Misol uchun, o‘simlik yog‘i 2500 so‘mga realizatsiya qilingan taqdirda, 500 so‘m (2500*20%) QQS hisoblanadi. Bunda budjetga 100 so‘m (500-400) o‘tkazilishi lozim bo‘ladi. Ya’ni bu mahsulot realizatsiyasi qiymatining ko‘pchilik o‘ylaganidek, 20 foizini emas, balki 4 foizini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |