20-maydan 20-dekabrgacha



Download 195,16 Kb.
bet8/9
Sana14.06.2022
Hajmi195,16 Kb.
#669480
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alisher Navoi

Ruboiylar
* * *
* * *
Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish,
El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulgʻa tikondek oshyon boʻlmas emish.

* * *
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,


Jannat — sanga boʻlsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha boʻlsa toʻla, yona kerak.
* * *
Jondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq boʻlmas,
Ondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.

* * *
Kim koʻrdi ekin jahonda oyo xushluq,


To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir oʻlsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.
Nashr qilingan asarlari

  • Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963-1968;

  • Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.: 1959-60;

  • Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987-1992;

  • Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963-1968.

  • Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 7-12 jildlar, Toshkent, 1991-1996;

  • Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960;

  • Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom). — T.: 1956;

  • Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.: 1970;

  • Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). — T.: 1984;

  • Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. — T.: 1991;

  • Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001;

  • Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: Sharq, 1991;

  • Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.;1967;

  • Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;

  • Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;

  • Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;

  • Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.:1967

  • Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.12. -T.: 1966;

  • Alisher Navoiy. Muhokamatul-lugʻatayn. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967;

  • Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. Oʻn besh tomlik T.14. — T.:1967;

  • Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967;

  • Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15. — T.:1968;

  • Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. -T.: 1967;

  • Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. — T.:1966;

  • Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15.- T.:1968;

Yana Navoiy haqida


Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Xuroson mulkining markazi — Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi Gʻiyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan Alisher etti yoshidayoq Farididdin Attorning 'Mantiqut-tayrʼ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan. Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur boʻlgan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga 'muqarrabi hazrati sultoniyʼ ('sulton hazratlarining eng yaqin kishisiʼ) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning sheʼrlarini yigʻib, 'Ilk devonʼ (1464-65) tuzgan edilar, soʻngra 'Badoyiul-bidoyaʼ ('Goʻzallikning boshlanishiʼ), 'Navodirun-nihoyaʼ ('Nodirliklar nihoyasiʼ) nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq 'Xazoyinul-maoniyʼ nomli toʻrt devon (1491-1498)ga jamlangan. Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi 'Xamsaʼ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq 'Xamsaʼ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. 'Xamsaʼ tarkibiga 'Hayrat ul-Abrorʼ, 'Farhod va Shirinʼ, 'Layli va Majnunʼ, 'Sabʼai sayyorʼ, 'Saddi Iskandariyʼ kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan boʻlsa-da, maxsus 'Lisonut-tayrʼ dostoni(1499)da, 'Nasoyimul-muhabbatʼ manqabasiʼ(1495-96)da, 'Tarixi anbiyo va hukamoʻ(1485-8), 'Arbainʼ, 'Munojotʼ singari asarlarida aks etgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. 'Arbainʼ, 'Munojotʼ kabi asarlari chop etildi.
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir. 'Mahbubul-qulubʼ(1500-01) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda 'Soriun-nosning afʼol va ahvolining kayfiyatiʼ (1), axloqiy muammolar (2), 'mutafarriqa favoyid va amsol suratiʼ (3) masalalari ifodalangan.
'Xamsatul-mutahayyirinʼ('Besh hayratʼ,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. 'Holoti Sayyid Hasan Ardasherʼ (1488-89), 'Holoti Rahlavon Muhammadʼ (1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. 'Munshaotʼ (1498-99) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. 'Majolisun-nafoisʼ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va tiliga tarjima qilingan.
Navoiy 'Muhokamatul-lugʻataynʼ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. Oʻzbek tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. Oʻzbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. Aruz nazariyasiga bagʻishlangan 'Mezonul-avzonʼ(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi.
'Tarixi muluki Ajamʼ ('Ajam shohlari tarixiʼ,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan 'Tarixi Tabariyʼ, 'Shohnomaʼ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻl-gan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. 'Tarixi anbiyo va hukamoʻ ('Paygʻambarlar va hakimlar tarixiʼ, 1485-1498) asarining birinchi boʻlimida 'Qissasul-anbiyoʻlar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning 'Hukamo zikridaʼ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
'Vaqfiyaʼ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi. 2016-yili Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ochilgan. -->
Manbalar

    1.  Valitova, A. A. (1974). „Alisher Navoi“. A. M. Proxorov (rus.). Buyuk Sovet Ensiklopediyasi. 17 (3-nashr). Moskva: Sovet Ensiklopediyasi. 194-195-betlar.

    2.  A. M. Proxorov, muhar. (1997). „Navoi, Nizamiddin Mir Alisher“ (rus.). Buyuk Ensiklopedik Lugʻat (2-nashr). Sankt-Peterburg: Buyuk Rus Ensiklopediyasi. 777-bet.

    3.  Umidbek. „Alihser Navoiy Moskvada xotirlandi“Ozodlik Radiosi (9-fevral, 2011). Qaraldi: 3-oktabr, 2012.

    4.  Alisher Navoi, Mukammal asarlar tuplami. 3 jild. Toshkent, 1988

Adabiyot

  • O.Sharafiddinov. Alisher Navoiy. Kitobda: Tanlangan asarlar.-T.: Fan,1978:

  • Ya. Gʻulomov. Alisher Navoiyning davrini oʻrganish haqida. Kitobda: „Ulugʻ oʻzbek shoiri“. -T.:1948;

  • Bertels E.E. Navoiy. Opit tvorcheskoy biografii. -M,L.: 1948;

  • Oybek. Navoiyning tarjimayi holi. Kitobda: „Navoiy gulshani“. -T.:1967;

  • S.Gʻanieva. Alisher Navoiy. -T.:1968;

  • V.Abdullaev. Navoiy Samarqandda. -T.: 1968;

  • Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. -T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1969;

  • V. Zohidov. Ulugʻ shoir ijodining qalbi. -T.: Oʻzbekiston, 1970;

  • A.Qayumov. Alisher Navoiy (ajoyib kishilar hayoti). -T.:1976;

  • S.Ayniy. Tanlangan ilmiy asarlar. — T.: Fan, 1978;

  • Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;

  • M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni. Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972;

  • Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi poetik merosi tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1965, № 5;

  • A.Rustamov. Navoiyning badiiy mahorati. -T.: 1979;

  • A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi. -T.: 1961;

  • Yo.Ishoqov. Navoiy poetikasi. — T.:1984;

  • M.Hakimov. Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining tavsifi. — T.: 1983).

  • B. Akrom. Fasohat mulkining sohibqironi. -T.:1991;

  • Z.Hamidov. Navoiy badiiy sanʼatlari. — T.: Universitet, 2001;

  • N.Bozorova. Alisher Navoiy gʻazallarida koʻngil obrazi. -T.: 2002;

  • ]]"Insoniyat haqida Navoiyning fikri. — T.: 1919;

  • Fitrat. „Farhodu Shirin“ dostoni toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;

  • T.Jalolov. „Xamsa“ talqinlari. -T.: 1962;

  • S.Erkinov. Alisher Navoiyning „Farhodu Shirin“i va uning qiyosiy tahlili. — T.: Fan, 1971;

  • A.Qayumov. „Xayratul–abror“ talqinlari. — T.: 1972;

  • A.Abdugʻafurov. Navoiy ijodida satira. -T.: Fan, 1972;

  • A.Qayumov. „Saddi Iskandariy“ haqida -T.: 1975;

  • A. Qayumov. „Farhod va Shirin“ sirlari. — T.: 1979;

  • „[[Nazrullaeva S. Tema “Leyli i Medjnun“ v literaturax narodov sovetskogo Vostoka. -T.: 1983);

  • A.Abdugʻafurov. Buyuk beshlik sirlari. — T.: 1993;

  • Alisher Navoiy „Xamsa“sining qoʻlyozmalari katalogi. (tuz. Q.Munirov, M.Hakimov. -T.: 1986).

  • S.Hasanov. „Sabʼai sayyor“.

  • A.Erkinov. Alisher Navoiy „Xamsa“si talqinining 15-20 asr manbalari. Dokt. diss. -T.: 1998;

  • E.E.Bertels. Sufizm i sufiyskaya literatura. -M.:1965;

  • Z.Hamidov. Alisher Navoiy „Lisonut–tayr“ asari tilining leksik-stilistik xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1982;

  • I.Haqqulov. Tasavvuf va sheʼriyat. — T.: 1991;

  • H.Karomatov. Qurʼon va oʻzbek adabiyoti. -T.: Fan, 1993;

  • N.Komilov. Tasavvuf. -T.: 1996;

  • I.Haqqulov. Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti. DDA.- T.:1995.

  • Sultonmurod Olim. Naqshband va Navoiy. — T.: Oʻqituvchi, 1996;

  • R.Vohidov. Navoiy va ilohiyot. — T.: 1997; 9. A.Aʼzamov. Munojotnoma. -Namangan: 1997, -T.: 2001;

  • Yo.Ishoqov. Naqshbandiya taʼlimoti va oʻzbek adabiyoti. -T.: 2002;

  • A.Rustamov. Alisher Navoiyning „Maxbubul–qulub“ asari grammatik xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1959;

  • Bertels E.E. Navoiy i Djami. -M.: Nauka, 1965;

  • Navoiy va adabiy taʼsir masalalari. — T.: Fan, 1968;

  • A.Hayitmetov. Adabiyotimiz tarixining oʻz izohlari. „Sharq yulduzi“ jurn. −1971, № 12;

  • M.Qodirov. Alisher Navoiy nasrida kelishik shakllari. Nomz. diss. — T.: 1977;

  • Jomiy va Navoiy. Toʻplam. -T.: 1981;

  • Fitrat. Aruz haqida. -T.: 1936;

  • A.Saʼdiy. Adabiyot olimi va tanqidchi sifatida Mir Alisher Navoiy. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ jurn. 1938. № 11-12;

  • Oybek. Navoiyning „Majolisun–nafois“ asari haqida. Kitobda: Asarlar. T.9. -T.: 1974;

  • A. Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari.-T.:1959;

  • A.K.Borovkov. Alisher Navoiy, kak osnovopolojnik uzbekskogo literaturnogo yazika. V kn. Alisher Navoiy. -M.: 1946;

  • A.Usmanov. „Muxokamat al–lugatayn“ Alishera Navoiy. -T.: 1948;

  • I.Sulton. „Mezonul–avzon“ va uning kritik teksti. T.: 1940;

  • H.Qudratullaev. Navoiyning adabiy-estetik olami. — T.: 1991;

  • L.Xalilov. Alisher Navoiy „Tarixi muluki ajam“ asarining tekstologik tadqiqi. Nomz. diss. -T.:1975;

  • V.Zohidov. Vaqfiya. „Sharq yulduzi“ jurn. 1974, № ;

  • M.Hakimov. Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining tavsifi. -T.:1983;

  • M.Hakimov. Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlar. -T.: 1991;

  • Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;

  • M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni. Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972;

  • Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi poetik merosi tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1965, № 5;

  • Hamil Sulaymon. Alisher Navoiyning yangi topilgan „Sittai zaruriya“ asari va uning qoʻlyozma manbalari haqida. „Adabiy meros“, -T.: 1968; № 1;

  • Mirzoev. Foniy va Hofiz. — Dushanbe: Irfon, 1968;

  • Boltaeva. Alisher Navoiyning „Fusuli arbaa“ asarining tahlili. -Samarqand: 2000; Xondamir. Makorimul-axloq (M.Faxriddinov, P.Shamsiev tarj.) -T.: 1967;

  • Zaynuddin Mahmud Vosifiy. Badoʻeul-vaqoe (N.Norqulov tarj.) — T:1979;

  • Davlatshoh Samarqandiy. Tazkiratush-shuaro. OʻRFAShI, inv.2119;

  • Husayn Boyqaro. Devon, risola. -T.: 1968;

  • Bobir. Bobirnoma. — T.:1960.

  • Zohidov L. Navoiy asarlarida muammo janri.

Havolalar





Vikiomborda Alisher Navoiy
haqida turkum mavjud

  • Alisher Navoiy OʻzLib kutubxonasida

  • Turkiylarning Chauceri (ingl.)

  • Alisher Navoiy haqida Narod.ru saytida maʼlumot (ingl.) (rus.)

[yashir]

  • k

  • m

  • t


Download 195,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish