Markaziy nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyaga bo‘linadi. Barcha qismlari suyak devorlari tashqari ta‘siriga qarshi va miya bilan bog‘liq yoqimsiz ta‘sirlarga qarshi yaxshi himoyalangan. Miya suyak kapsulasi ichki bosimida o‘rab oladi,orqa miya uzunchoq miyadan chiqqan voroley ko‘prigida joylashgan bo‘ladi. O‘rta va ichki parda orasida suyuqlik bo‘ladi.
Miya bo‘linishiga ko‘ra, o‘rta miya miyacha, bosh miya yarim sharlari orqali asoslanib,o‘rta miya, uzunchoq miya va miyacha singari miyaning 3 ta asosiy to‘qimalarini tashkil etadi. Miyacha tashqi tomondan kulrang modda nerv hujayralaridan tashkil topib miyachaning ustki qismi kulrang moddadan iborat bo‘lib orqa miya tor kanalida va miyadagi faoliyat sistemasida bo‘ladi.
Miya yangi tug‘ilgan bolaning miyyasi tahminan 400g bo‘lib hayotining birinchi 9 oyida tahminan 800 gr gacha o‘sadi. 5-7 yoshga tahminan yetgunga qadar uning ko‘rsatkichi tahminan 1310gr og‘irlikka yetadi. 20 yilda esa to‘liq shakllanib yetadi. Miya og‘irligining to‘liq shakllanib yetishiga doir ma‘lumotlar g‘oyatda farq qiladi.(1100-1600 gr) Erkaklarning miyasi o‘rtacha yoshda 1375gr bo‘lib, ayollarniki esa tahmiman 1245gr tashkil etadi. Ayollardagi kam og‘irlik tanadagi harakatlanishni kuchsiz rivojlanishi orqali deya tushuniladi.Miyani og‘irligi tana og‘irligiga taqqoslaganda ayollar o‘rtacha 1 kg tana og‘irligi 22 grda bo‘lsa, erkakalarni miya og‘irligi 20grni tashkil etadi.
Nerv sistemasining asosiy faoliyat mexanizmi – refleks. Refleks so’zi lotincha bo’lib, qaytaraman degan ma‘noni anglatadi. Refleks tushunchasi to’g’risida birinchi bo’lib so’z yuritgan franso’z faylasufi Rene Dekardning fikricha, miya go’yo ona o’ziga tushgan nurni qaytaganidek organizmning ta‘sirlangan narsalarni qaytarib, ularga javob shakllantiradi. Hozirgi vaqtda organizmning markaziy nerv tizimi ishtirokida ro’y beradigan har qanday reaksiyasini refleks deydilar. Yoki I.M.Sechenov ta‘biri bilan atganda «ongli va ongsiz hayotdagi hodisalar mazmun va mohiyatidan reflekslardir».
Refleks yuzaga chiqish uchun uning morfologik asosi-reflektor yoy mavjud bo’lishi shart. Reflektor yoy 5 qismdan iborat. 1) retseptor; 2) retseptorda hosil bo’lgan impulsni nerv markaziga yetkazuvchi afferent zveno; 3) nerv markazi; 4) efferent zveno; 5) ijrochi a‘zo (muskul yoki bez). uning eng oddiy da, bir reflektor yoyi CNS bir sinapsisten bilan, faqat ikki neyronlar, hissiy va bir motorni jalb mumkin. neyronlarning faqat ushbu minimal sonini talab juda oz reflektor yoylari bor. tizza refleksi reflektor odamlarda bir necha misollar biri hisoblanadi. Eng reflektor yoylari markaziy asab tizimi doirasida neyronlar ulanish, juda ko'p, hatto yuzlab o'z ichiga oladi.
Markaziy nerv tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Nerv tizimi organizmdagi hujayra, to’qima, a‘zo va tizimlar faoliyatini uyg’unlashtirib hamda birlashtirib integrativ faoliyatini amalga oshiradi.
Nerv tizimi organizmni tashqi muhit bilan aloqasini va muhit bilan bog’lanishini, shunigdek muhit o’zgarishlariga moslashishini ta‘minlaydi.
Nerv tizimi organizmning maqsadga erishishini ta‘minlaydi.
Nerv tizimi trofik faoliyatga ega. Bu faoliyat o’sish, yetilish va modda almashinuvni boshqarishdan iborat. Aytilgan bu faoliyatlarning yuzaga chiqishi nerv boshqarilishi deyiladi. Nerv to’qimasining yuqori qo’zg’aluvchanligiga bog’liq bo’lgan kuchsiz ta‘sirotlarni qabul qila olish qobiliyati: nerv tizimida sodir bo’ladigan reaksiyalarning juda tezligi: nerv ta‘sirotlarining aniq yo’nalishi.
2. Nerv hujayralari va ularning funksiyalari.
Neyron (nerv hujayrasi) nerv tizimining asosiy funksional birligidir. Odamning miyasida 25 mld. ga yaqin neyronlar mavjud. Periferik nerv tizimiga kiruvchi tugunlardagi nerv hujayralar soni 25 mln. atrofida. Neyronlar bir-biridan o’z shakli va katta-kichikligi bilan farq qiladi. Tuzilish jihatdan to’rt qismga bo’linadi tana (soma), dendritlar, akson va aksoning sinapsoldi oxirgi tarmoqlari tafovut qilinadi. Neyron tanasida yadro, yadrocha, neyroplazma va har bir hayvon hujayrasiga xos bo’lgan struktura elementlari – endoplazmatik to’r ribosomalar golji apparati, mitoxondriyalar, hamda faqat nerv hujayrasidagina uchrovchi nasl moddasi va neyrofebrillar o’rin olgan.
Neyron tanasida bir nechta dendrit va bitta akson boshlanadi. (rasm orqali tushutiriladi).
Funksional xususiyatlariga ko’ra neyronlar 3 to’rga bo’linadi: afferent, oraliq va efferent neyronlar. Afferent neyronlar sezuvchi a‘zolarining retseptorlarida vujudga keladigan signallarni qabul qilib, ularni MNT ga o’tkazadi. Afferent neyronlarning aksonlari MNT ga kirib, oraliq, ba‘zin bevosita efferent neyronlar dendritlari va tanasida juda ko’p sinapslar hosil qiladi. Oraliq neyronlarning soni juda ko’p. Ularning o’simtalari MNT dan chetga chiqmaydi. Ular turli xildagi afferent va efferent neyronlarni bog’lab turadi.
Efferent neyronlar ham multipolyar shohlanishga ega. Ular javob reaksiyasini qabul qilib, integrallashtirib, o’zining aksoni orqali ishchi organga yetkazadi. Muskullarga borib ularni qisqartirgan bunday neyronlar harakatlantiruvchi yoki motoneyronlar deb ataladi.
Glial hujayralar. Har xil shakldagi maxsus hujayralar bo’lib, nerv sistemasining strukturasini tashkil qiladi. Neyronlar orasidagi bo’shliqni to’ldirib turadi. Kattaligi neyronlardan 3-4 marta kichik. Miya kulrang moddasining 30-55% ni tashkil qiladi. Miyadagi umumiy soni 100 mld. dan oshadi. Glial hujayralar ikki xilga: astrotsitlar va oligodendrotsitlarga bo’linadi. Astrotsitlarning har tarafga tarmoqlagan o’simtalari ko’p, oligodendratsitlar astrotsitlardan 10-15% ko’p.
Glial hujayralarni neyronlardan ajratib turuvchi bir necha xossalari bor.
Birinchisi – glial hujayralar hayot davomida bo’linish qobiliyatini yo’qotmaydi.
Ikkinchidan – glial hujayralar o’siqchalari bilan neyronlarni paypaslab, aktiv harakat qiladi. Glial hujayralar katta miqdordagi (-80-90 mv) mebrani potensialiga ega bo’lsada ularda harakat potensiali vujudga kelmaydi. Glial hujayralarning funksiallardan biri mielin hosil qilishidir. Bundan tashqari ular himoya funksiyasiga ham ega, fagotsitoz qobiliyatiga ega. Glial hujayralar neyronlarga trofik faoliyat ko’rsatadi. Xususan, astrotsitlar bevosita miya kapilliyalarida joylashgani bois kislorod va boshqa zarur moddalar bilan ta‘minlaydi. Keyingi yillarda olingan ma‘lumotlarga ko’ra, glial hujayralar shartli reflekslarning hosil bo’lishida, xotira mexanizmlarida muhim ahamiyat borligi haqida fikrlarga asos bo’ldi.
Tekshirishlar natijalaridan ma‘lum bo’lishicha, yosh ulg’ayib borishi bilan, neyronlar soni kamayib, gial hujayralar ortib borar ekan.
3. Nerv tolalari va ularning asosiy hossalari.
Umurtqali hayvonlarning aralash nervini tashkil qiluvchi tolalar yo’g’onligi, qo’zg’aluvchanligi, qo’zg’alishning ulardan o’tish tezligiga qarab asosiy uch guruhga bo’linadi.
Qo’zg’alishdan so’ng taraqqiy etadigan refrakterlik esa tola qancha ingichka bo’lsa shuncha o’zoq davom etadi. Demak tola ingichkalanishi bilan uning labilligi kamayib boradi. A – turiga mansub tolalarning hammasi mielin bilan qoplangan. Aalfa turidagi tolalar sklet muskullarini innervatsiyalaydi. Ular ichida murakkab retseptorlar – muskul tuklaridan boshlangan affrent tolalar va sklet muskullarini qo’zg’atib, harakatga keltiradigan efferent tolalar tafovut qilinadi. A – beta va Adelta tolalar markazga intiluvchi tolalar bo’lib, turli retseptorlardan (taktil, ichki a‘zolardagi harakatni va ba‘zi og’riqni sezuvchi retseptorlardan) impulslarni MNT ga o’tkazadi. A – gamma tolalar esa afferent tolalardir.
V – turidagi tolalarga simpatik va parasimpatik preganglionar tolalar kiradi. S – turidagi tolalarni postganglionar vegetativ va teridagi og’riqni sezuvchi retseptorlar, ba‘zi termoretseptorlar hamda bosimni sezuvchi retseptorlar bilan bog’langan afferent tolalar tashkil qiladi. Nerv tolasining asosiy xossasi qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikdir. Buni muskul – nerv preparatida elektr ta‘sir etib ko’zatish mumkin. Muskullarga tok ta‘sir etgan zahoti muskul qisqaradi. Kisqarishiga sabab, elektr ta‘sirida nervda qo’zg’alish nervdan o’tib muskulga boradi va qisqaradi.
Nerv tolasi qo’zg’alishni o’tkazish uchun u anatomik va fiziologik jihatdan butun bo’lishi kerak. Nerv mahkam bog’lab qo’yilsa, nerv sovitilsa, qizitilsa, qon kirishi to’xtaganda yohud zaharlansa va shu kabi salbiy hollarda undan qo’zg’alish o’tmaydi.
Nervdan qo’zg’alish o’tishi ikki asosiy qonuniyatga bo’ysunadi.
Ikki tomonlama o’tkazish qonuni.
Tabiiy sharoitda nerv impulslari markazdan qochuvchi tolalar bo’ylab MNT dan periferiyaga, markazga intiluvchi tolalarda esa chetdan markazga yoki bir tomonlama o’tkaziladi. Ammo, barcha tolalar ikki tomonlama o’tkazuvchanlikka ega. Buning ma‘nosi shuki, nerv tolasi qo’zg’alishni ikki tomonlama, ya‘ni markazdan perifnriyaga, periferiyadan markazga o’tkaza oladi. Buni A.I.Babuxin kashf etgan. U tajribada neyron aksonini kesib, neyron somasidan ajratadi. Akson tutamlari qaysi nuqtasida ta‘sirlantirmasin, qo’zg’alish ularning hammasiga tarqaladi, ya‘ni ta‘sirlangan joyidan ikki tomonga tarqala beradi.
Ajratib o’tkazish qonuni. Periferik nerv ko’plab alohida nerv tolalaridan iborat. Bu tolalar hammasi bir nerv stvolida boradi. Bir nerv tolasidan o’tadigan qo’zg’alish qo’shni nerv tolalariga o’tmaydi. Agar impulslar bir toladan ikkinchi tolaga o’tadigan bo’lganida a‘zolar to’g’ri faollik ko’rsata olmas edi. Tolalarni qoplagan Shvann va mielin pardalar yuqori elektr qarshilikka ega bo’lganidan tolalarni ajratib turadi. Ko’zg’alish nerv tolasidan yakka, ajralgan holda o’tgani tufayli odam o’ta nozik harakatlarni bajara oladi (rassom, mo’zikant, xirurg va h-ga kasbdagilar). Nerv tolasining yana bir xususiyati, uning nisbiy charchamasligidir. Uni 9-12 soat davomida uzluksiz ta‘sirlantirilganda ham charchamasligini N.E.Vvedenskiy 1884 yil aniqlagan. U nerv-muskul preparatining nerviga ta‘sir etadi. Muskulga impuls boradigan yo’lni to’sib qo’ydi, natijada qo’zg’alish muskulga o’tmay qoladi. Nervga 12 soat uzluksiz ta‘sirlangandan so’ng, u nervning o’tkazuvchanligini tiklaydi va muskul qisqara boshlaydi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |