20-mavzu. Agrar munosabatlar va renta nazariyasi



Download 97 Kb.
bet5/9
Sana16.04.2022
Hajmi97 Kb.
#557191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-тема

Absolyut renta. Ko’pgina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida erga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’ĝri keladi. Hozirgi davrda erga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Erga bo’lgan bu mulkchilik (shaklidan katiy nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha er uchastkalarining sifatidan qat`i nazar, er egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut er rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, er egalari erni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan erdan foydalanganlik uchun to’lovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut er rentasi deb nom olgan. Agar er ijaraga berilganda shu erda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta ham mavjud bo’ladi. Boshqa erda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba`zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, citrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo’lishi ko’pincha to’lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa er egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo’jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Malumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differencial rentaga aylanadi.
Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga etiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan erga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan boĝliq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’ĝri keladi. Aks holda, ijara haqi er rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: erdan foydalanganlik uchun to’lanadigan renta (R), erga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); er uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizaciyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:
.
Malumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida er faqat ijara obekti emas, balki oldi-sotdi obekti hamdir. Er ham qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda erning narxi nima bilan belgilanadi?
Malumki, er inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. SHunga ko’ra, nazariyotchilar er va boshqa tabiat in`omlari narxini irracional narxlar deb ataydilar. Er uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu er uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina erni sotadi. Boshqacha aytganda, erning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori er narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’ĝri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. SHunday qilib, erning narxi ikkita miqdorga boĝliq: 1) er uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan er rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi meyoriga.
SHundan kelib chiqib erning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bunda B - er narxi;
R- renta;
r¢ - ssuda foizi meyori.
Faraz qilaylik, R – 15 ming doll., r¢ = 5%. Bunda B=300 ming doll. ga teng bo’ladi. Er egasi faqat shu narxdagina erini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi.
Renta miqdori o’sib, ssuda foizi meyori pasayib borgan taqdirda erning narxi o’sib boradi.
Er narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda er narxi, er uchastkasiga talab va taklifga tasir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga boĝliq. Jumladan, erga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyaciya va asosan giperinflyaciya sharoitida erga talab keskin o’sadi, bu tegishli ravishda er narxining o’sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan ĝarb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha er narxi barqaror o’sish tamoyiliga ega bo’lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish