“Bir kun kelib o’zimning farzandlarim bo’lsa, ularga A, B, C ni qildirmayman.
Farzandimga D, E ga o’xshagan gaplar aytmayman” kabi jumlalarni ham yozib
qo’yardim. O’sha biron kun kelganida, men ham ona bo’lganimda nima
bo’lganini topingchi? Albatta, men o’z otamning o’zginasi edim.
Ba’zan biz farzandimizga o’zini sevishni o’rgatish uchun o’z qalbimizga chuqur
nazar tashlab, o’zimizni taftish qilib, qidirishimizga to’gri keladi. Biz shuni tan
olamizki “Ha, ko’p ish boshlaydigan, qo’lidan narsa tushirib qo’yadigan, injiq
farzandlar meni g’ashimga tegadi. Ammo hozir menga shunday farzandlar
berilgan ekan, bolalarning bolalarcha qiliqlariga ko’z yuma oladigan katta
odam bo’la olamanmi va buni orqasida turgan murg’ak, shirin bolachani ko’ra
olamanmi? O’zlariga ham bildira olamanmi?” Bu kabi xulosalarga kelgandan
keyin ham ishimiz osonlashmaydi. Chunki ongizmiz ong osti programmalari
asosida ishlaydi va faqat chuqur fikrlovchi insonga aylanibgina, biz o’z
ongimizni o’z fikrlarimizga bo’ysundira olamiz.
O’z farzandlarimni qanchalik yaxshi ko’rmay, buni ularga izhor qilishga
qiynalaman. “Yomon qiliq” va “shunchaki yosh bola bo’lish”ni ajratishga
ko’pincha vaqtim bo’lmaydi.
Siz ham ona sifatida g’ashingizni keltirgan soniyalarga duch kelgandursiz.
Lekin aynan shu onlarda og’zingizdan chiqadigan so’zlar ko’p narsani
belgilaydi. So’zlarimiz juda katta kuchga ega, ayniqsa kichkina bolaga
nisbatan aytilganda. “Yolg’on gapirishni bas qil. Men allaqachon rostini
bilaman. Nega menga yolg’on gapirding. Ahmoq” deyishning o’rniga “Islomda
yolg’on gapirish taqiqlanganini anglashga hali yoshlik qilasan. Yolg’on
gapirsang, bu boshqalarga ozor beradi” deyishni tasavvur qilib ko’ring.
“Yig’lashni bas qil. Nimaga shunaqa qizg’anchiqsan-a?” deyish o’rniga “O’z
narsangni boshqalarga berish qiyin. Hatto kattalar ham o’z narsasini bergisi
kelmaydi. Lekin o’z narsalaringni boshqalarga ham berganingda Alloh uning
o’rnini ortig’i bilan to’ldiradi.” deyishni o’ylab ko’ring.
“Nega har doim senga vaqtida namoz o’qishni eslatishim kerak? Hech kim
aytmasa ham o’zing biladigan yoshga kelding. Namozingniyam vaqtida
o’qiyolmasang, ro’za tutganingdan nima foyda?” deyish bilan “Namozni doimo
vaqtida o’qishni unutmaslik oson emas. Sen yoshsan va senga eslatib turish
uchun ham men borman. Mening eslatishimdan zeriksang ham, g’ashing
kelsa ham.” deyishning orasida qancha farq bor.
Hech qaysi bola aslida yomon emas. Hamma farzandlar toza fitrat, to’g’rilik va
haqiqatga, eng yaxshi narsalarga tabiiy intilish bilan dunyoga keladilar. O’zini
yomon bola deb his qildishga majburlangan bola o’zini yomon ko’rishni
o’rganadi va bu uning o’rganishi, yashashi hamda sevishiga halaqit beradi.
Boshqa tarafdan esa, o’zini yaxshi deb his qildirilgan bola o’zini sevishni
o’rganadi. O’zini sevilgan deb hisoblagan bola qalbini tubidan his qiladi,
sevadi, yashaydi va o’rganadi.