BAJARGAN ISHIM
uchun emas, balki
BORLIGIM
uchun sevishlarini istardim.
Rasmga qarar ekanman, yig’lab yubordim. Kichkina Irodani qattiq quchoqlagim keldi
va “Mana men. Qara, hammasi yaxshi bo’ldi” degim keldi. Qaniydi ortga qaytsam va uni
quchoqlasam.
Nimalar degan bo’lardim unga? Menimcha bunday derdim: “Iroda, sen juda ham
yoqimtoysan. Butun bir olamni, yulduzlarni va koinnotlarni yaratgan Alloh seni ham
yaratishga qaror qildi. O’ziga ishongan qizlarning ham o’zlariga yarasha qo’rquvlari bor.
Iroda, sen mukammalsan. Sen muhim va keraklisan. Sen juda ham yoqimtoysan!”
Do'stlaringiz bilan baham: |