20-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining “Bilimli yoshlar yurt tayanchi” mavzusida o’tkazgan bir soatlik tarbiyaviy soat


Yoshlar — kelajagimiz. Mamlakatimizda salohiyatli yangi avlodni kamol toptirish — ustuvor vazifadir



Download 265,5 Kb.
bet2/5
Sana29.01.2022
Hajmi265,5 Kb.
#418040
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-yanvar

Yoshlar — kelajagimiz. Mamlakatimizda salohiyatli yangi avlodni kamol toptirish — ustuvor vazifadir
Davlat va jamiyat boshqaruvida ham, biznesni taraqqiy ettirishda ham, umuman, barcha soha rivojida salohiyatli yoshlar muhim o‘rin tutadi. Sababi ular jamiyat uchun “yangi qon” vazifasini o‘taydi. Yangidan-yangi tashabbus-g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda ana shu qatlamning nuqtai nazari va sa’y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu bois bugungi kunda yurtimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2018 yil 27 iyun sanasi yurtimiz yoshlari hayotida yangi sahifa ochilgan kun sifatida tarixga muhrlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur hujjatning muhimligi shundaki, u joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan.
Albatta, ushbu hujjatning samarali ijro etilishini ta’minlash barchamiz uchun ustuvor vazifa. Shu nuqtai nazardan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyaning yaqinda bo‘lib o‘tgan davra suhbati dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini olib borish, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya hamda siyosiy partiyalarning “Yoshlar qanotlari” oldida turgan vazifalar muhokama etildi.
Deputatlar, siyosiy partiyalarning “Yoshlar qanotlari” rahbarlari va faollari, mutasaddi vazirlik hamda idoralarning mas’ul xodimlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan tadbirda davlatimiz rahbari Farmonida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, parlament quyi palatasining pozitsiyasi belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 4 iyul kuni “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Davlat dasturi ijrosini joylarda samarali tashkil etish maqsadida mamlakatimizning har bir hududiga Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zolari va deputatlar biriktirilib, ular Respublika ishchi guruhlari tarkibida ish olib bordilar.
Qonunchilik palatasining hududlarga biriktirilgan deputatlari tomonidan Davlat dasturining mazmun-mohiyatini keng yoshlar ommasiga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot tadbirlari olib borildi, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan qilinayotgan ishlarda hududiy va mahalliy ishchi guruhlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Jumladan, Navoiy viloyatida joriy yilning 12 iyul kuni mazkur tarixiy hujjat mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda 17 iyul kuni Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tashabbusi bilan “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini tashkil etishda siyosiy partiyalar va “Yoshlar qanotlari”ning o‘rni va roli” mavzuida seminar tashkil etildi. Xorazm viloyati hokimligida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Amudaryo va Ellikqal’a tumanlarida bo‘lgan uchrashuvlar davomida barcha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida amaliy muloqot hamda seminarlar o‘tkazildi.
Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokidagi bunday seminarlar barcha tuman va shaharlarda tashkil etildi.
Qonunchilik palatasi deputatlari tuman va shahar ishchi guruhlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, yoshlar bilan uchrashishdi, aniqlangan muammolarni hal etishda, ishsiz yigit-qizlar bandligini ta’minlashda hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatishdi. Shu bilan birga, Farmonda belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar berib borishdi. “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasining tuman va shahar filiallari direktorligiga nomzodlar tanlashda ham ko‘maklashildi.
Albatta, bu ishlar katta-katta maqsadi bor, biroq uni amalga oshirishda ikkilanib, bir oz qiynalib turgan minglab, millionlab yoshlarni ruhlantirishi, tabiiy. Olib borilayotgan bunday sa’y-harakatlar oxir-oqibatda aniq tashabbusi bor, yangi-yangi g‘oyalari bilan yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor butun boshli bir avlodni yuzaga chiqarishi, shubhasizdir.




Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish