247-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi
Sud muzokaralarini eshitganidan keyin sud hal qiluv qarorini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqib ketadi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir bo‘lganlarga e’lon qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249 — 251-moddalari.
248-modda. Sudning hal qiluv qarorini o‘qib eshittirish
Sud hal qiluv qarori imzolanganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib kiradi, bu erda sudning hal qiluv qarorini raislik qiluvchi o‘qib eshittiradi. Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini tushuntiradi hamda ushbu ish bo‘yicha sud majlisini yopiq deb e’lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |