20.6. Nazariy qism
MEGACO/H.248 protokoli yaratish tarixi va xususiyatlari
MEGACO/ H.248protokolining asosiy xususiyatlari. MEGACO/H.248 signal
xabarlarini o‘tkazish uchun UDP, TCP, SCTP protokollari yoki ATM transport
texnologiyasi ishlatilishi mumkin. UDP protokolini quvvatlash – shlyuzlar
kontrolleriga majburiy talablardan biridir. TCP pro-tokolini kontroller ham,
transport shlyuzi ham quvvatlashi kerak, SCTP, ATM texnologiyasini quvvatlash
esa majburiy bo‘lmaydi.
-
MEGACO/H.248 xabari ikki usul bilan kodlanishi mumkin. IETF qumitasi
signal axborotini kodlashning matnli usulini, aloqa seansini bayon etish uchun esa
SDP protokolini ishlatishni taklif qildi. ITU-T signal axborotini taqdim etishning
binar usulini ko‘zda tutadi - ASN. 1, aloqa seansini bayon etish uchun esa
rekomenduet maxsus asbob (instrument) tavsiya etadi - Tag-length-value (TLV).
SHlyuz kontrolleri kodlashning ikkila usulini qo‘llab quvatlashi kerak, shu vaqtda
shlyuz sifatida – faqat bu usullardan biri.
20.1-rasmda MEGACO/H.248protokoli evolyusiya daraxti taqdim etilgan.
20.1 – rasm. MEGACO/H.248 protokoli evolyusiya daraxti
Chaqiruvga xizmat ko‘rsatish jarayoni modeli
Portlar nutq axborotining manbalari va qabul qilgichlari hisoblana-dilar.
Portlarning ikki ko‘rinishi aniqlangan: fizik va virtual. Fizik portlar, shlyuz
konfiguratsiyasi vaqtidan doimiy mavjud bo‘lgan, bu uskunaning analog telefon
interfeyslari, bitta telefon ulashni quvvatlov-chi; yoki raqamli kanallar, bitta telefon
ulashni quvvatlovchi; yoki raqamli kanallar, shuningdek bitta telefon ulashni
quvvatlovchi va E1 traktga vaqt bo‘yicha kanallarni ajratish tamoyili bo‘yicha
guruhlashtirilgan. Virtual portlar, faqat so‘zlashuv sessiyasi davomida mavjud
bo‘lgan, IP tarmoq tomonidagi portlar hisoblanadi (RTP-portlar), ular orqali RTP
paketlarini uzatish va qabul qilish olib boriladi.
Virtual portlar Add buyrug‘ini kontrollerdan olinganida shlyuz tomonidan yaratiladi
va Subtract buyrug‘ini olinganda yo‘q qilinadi, vaholanki, fizik portlar Add yoki
Subtract buyrug‘ini olinganda, moslikda, nulli kontekstdan chiqariladi yoki nulli
kontekstga ketinga qaytaradi.
MEGACO protokoli transport shlyuzining ichida ikkita mantiqiy ob’ektlar
bilan operatsiyalar o‘tkazadi: port (termination) va kontekst (context), ularni shlyuz
kontrolleri boshqarishi mumkin. Chaqiruvga xizmat ko‘rsatish jarayoni modelini
misoli 7.2 – rasmda keltirildgan.
Port noyob identifikatorga (TerminationID) ega, u port konfiguratsiyasida
shlyuz tomonidan belgilanadi. Masalan, port identifikatori bo‘lib E1trakti nomeri va
trakt ichidagi vaqt kanalini nomeri xizmat qilishi mumkin. Ba’zi bir paytda
buyruqlar shlyuzning hammasiga tegishli bo‘lishi mumkin, bunda maxsus port
identifikatori (TerminationID) - «Root» ishlatiladi.
Portlarbir qator xususiyatlarga egalik qiladi (properties), ulardan har biri noyob
identifikatorga (propertylD) ega. Masalan, portlar nutqli aytib berishlarni, akustik va
chaqiruv signallarni generatsiya qilish, shuningdek DTMF signalini detektirlash
kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
20.2- rasm. Chaqiruvga xizmat ko‘rsatish jarayoni modelini misoli
Portlarni yaratishda ba’zi bir xususiyatlar ularga jim turish bo‘yicha beriladi.
MEGACO protokoli yordamida kontroller shlyuz portlarining xususiyatlarini
o‘zgartirishi mumkin. Portlar xususiyatlari deskriptorlarga guruhlanadilar, ular
portlarni boshqarish buyrug‘iga kiritiladi (20.1- jadval).
20.1 – jadval
MEGACO protokolideskriptorlari
Descriptor nomi
Bayon
Modem
Modem turi va parametrlarini identifikatsiya qiladi
Mux
Multimediali
terminallari
foydalaniladigan
axborotni
multipleksorlash turini bayon qiladi, masalan, N.221, N.223,
N.225.0.
Media
Axborot oqimi parametrlarini ixtisoslashtiradi.
TerminationState Shlyuz porti xususiyatlarini ixtisoslashtiradi. Deskriptor
ikkita parametrga ega. Parametr ServiceStates port statusini
bayon qiladi (matn rejimida ishlaydi - test, ish xolatda bo’ladi
- outofservice, port normal rejimda ishlayotganini, jimlikda
turish bo’yicha ko’rsatiladi - inservice). Parametr Buffered
Event Processing Mode kontrollerlarga darhol xabar berish
kerak emas, xodisaga shlyuz reaksiyasini bayon qiladi.
Xodisaga reaksiyaning ikki turi aniqlangan: e’tiborsiz
qoldirmoq yoki ishlov bermoq.
Stream
Alohida
ikki
yo’nalishli
okimlarni
parametrlarini
ixtisoslashtiruvchi, bir qator deskriptorlarni o’z ichiga oladi
(Remote, Local, LocalControl, Signals, Events).
Local
Shu shlyuz tomonidan uzatuvchi yoki qabul qiluvchi axborot
oqimini bayon qiluvchi parametrlarga ega. Bu deskriptorda
bor axborot, bitta shlyuzdan boshqasiga o’tkaziladi.
Remote
Uzoqlashtirilgan shlyuz tomonidan uzatuvchi yoki qabul
qiluvchi axborot oqimini bayon qiluvchi parametrlarga ega.
Bu deskriptorda bor axborot, bitta shlyuzdan boshqasiga
o’tkaziladi.
LocalControl
Mode parametrga ega – ishlash rejimi va portining bir qator
xususiyatlari. Mode parametri send-only, receive-only,
send/receive, inactive, loop-back va delete qiymatlarini qabul
qilishi mumkin. Deskriptor shlyuz va kontroller orasidagi
uchastkada uzatiladi.
Events
Hodisani aniqlaydi, ularni shlyuz kuzatishi kerak, va bu
hodisalarga reaksiyasini.Quyidagi reaksiyalar aniqlangan:
Not if Action (kontrollerni xabardor qilish), Accumulate
(buferdagi hodisa haqidagi axborotni saqlash), Accumulate
By Digit Map (numiratsiya rejasi bilan moslikda, nomer
raqamlarini yig’ish), Keep Active (kontrollerni xabardor
qilish, va signal uzatishni davom ettirish).
Signals
Oxirgi foydalanuvchiga signallarni bayon qiladi, port shlyuzi
ularni uzatishni boshlashi yoki to’xtashi kerak
Audit
Axborotga ega (bir qator deskriptorlar ko’rinishida), uni
controller shlyuzidan so’rab oladi. Audit Value va Audit
Capabilities buyruqlarda uzatiladi.
Packages
Port xususiyatlari yig’indisini bayon qiladi, Audit Value
buyrug’ida uzatiladi.
DigitMap
Bu
descriptor
yordamida
kontroller
ishlatilayotgan
numeratsiya rejasi haqida shlyuzni habardor qiladi.
ServiceChange
Shlyuz porti holatining o’zgarishiga tegishli bo’lgan,
axborotga ega, sabab, o’zgartirish usuli va boshqalar kabi.
ObservedEvents Bo’lib o’tgan hodisalar kabi axborotga ega. Notify va Audit
Value buyruqlarda uzatiladi.
Statistics
Ulash vaqtida port tomonidan yig’ilgan statistika axborotga
ega.
Extension
Protokolda ixtisoslashtirilmagan axborotni uzatishga yo’l
beradi.
Kontekst – bu bir necha portlar orasida aloqani aks ettirishdir, ya’ni bitta
shlyuzning ikki yoki undan ortiq portlarini ulanishini abstrakt tasavvuri. Xohlagan
vaqtda port faqat bitta kontekstga tegishli bo‘lishi mumkin, u o‘zining noyob
identifikatoriga ega. Kontekstning alohida ko‘rinishi mavjud - nulli. Nulli kontekstga
kirgan hamma portlar, o‘zlari orasida ham, boshqa portlar bilan ham bog‘lanmagan.
Masalan, chaqiruvga xizmat ko‘rsatish jarayonini modelida bo‘sh (band bo‘lmagan)
kanalning abstrakt tasavvuri nulli kontekstdagi port hisoblanadi.
Umumiy holda kontekstga portni ulab qo‘yish uchun Add buyrug‘i xizmat qiladi.
Bunda, agar kontroller mavjud bo‘lgan kontekstni ixtisoslashtirmasa, unga port
qo‘shilishi kerak bo‘lgan, unda shlyuz yangi kontekst yaratadi.
Agar shlyuz konferensiyani quvvatlasa, unda kontekst konferensiyada ishtirok
etuvchi portlar orasida aloqa topologiyasini aniqlaydi, ya’ni har bir juft portlar uchun
axborot oqimining mumkin bo‘lgan yo‘nalishini.
Do'stlaringiz bilan baham: |