(4.5)
Ushbu formula yordamida kengaytiruvchi keskichni xar xil xolatldari uchun Q mahkamlash kuchi aniqlanadi. Q kuchi eng katta qiymati mahkamlash qurilmasini loyixalash uchun olinadi.
Qisish kuchlarining qiymati yangi moslama loyixalanganda loyixa hisobi, mavjud moslamadan foydalanish masalasi turganda esa tekshirish hisobi asosida aniqlanadi.
Loyixa hisobi bajarilganda zagotovkani o’rnatish va mahkamlash sxemasi xamda uni siljituvchi kuchlarni qiymati, yo’nalishi va ta’sir nuqtalari ma’lum bo’lishi kerak. Qisish kuchlari qiymatini aniqlash zagotovkani barcha ta’sir qiluvchi kuchlar natijasidagi muvozanat shartini ko’rib chiqish statika masalasiga keltiriladi. Ko’p uchraydigan o’rnatish va mahkamlash sxemalari uchun zagotovkalarni qisish kuchlarini aniqlash misollarini ko’ramiz.
1. Kesish kuchlari R va qisish kuchlari Q zagotovkalarni tayanchlarga qisib turibdi (4.3a-rasm). Kesish kuchi R ning qiymati doimiy bo’lsa, Q = 0.
rasm. Zagotovkani mahkamlash kuchini hisoblash sxemalari.
Agar ishlov berish davrida ikkilamchi siljitish kuchlari N paydo bo’lsa, va ular yo’nalishi qisish qurilmasiga karshi bo’lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |